INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
July , 2022 Boston, USA
64
SHAXS AXLOQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY
QADRIYATLARNING O’RNI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6815853
Ibodova Malika
Qarshi davlat universiteti
Lingvistika:o’zbek tili yo’nalishi magistranti
ANNOTATSIYA.Ushbu maqolada shaxs axloqiy tarbiyasini shakllantirishda
milliy qadriyatlarning o‘rni masalalari,yurtimizda
yosh avlodni tarbiyalashda
amalga oshirilayotgan ishlar ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: axloqiy tarbiya, ma'naviy meros, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar,
axloq normalari, shaxs barkamolligi, axloqiy me'yorlar, axloqiy ong, milliy qadriyat.
Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma'naviy-axloqiy tarbiya ham
muhim o'ringa ega bo'lib, uni samarali tashkil etish o'quvchida ma'naviy-axloqiy
ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan
tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan
xulq-atvor qoidalari, mezonlarini
o'quvchilar ongiga
singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari
hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo'lib,
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, jamiyat tomonidan tan
olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek,
milliy istiqlol g'oyasining o'quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta'lim-
tarbiya jarayonida yo'lga qo'yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g'oyaviy,
iqtisodiy,
huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat,
bahs-munozara, debatlar xalq
xo'jaligining turli sohalarida
fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat,
ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo'lga
kirish bilan O'zbekiston Respublikasi nomini
jahonga mashhur qilayotgan, uning
obro'-e'tiborining oshishiga o'zining munosib hissasini qo'shayotgan shaxslar hayoti