INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
July , 2022 Boston, USA
182
KO’P XONALI SONLARNI RAQAMLASH, QO’SHISH VA AYRISH
MAVZULARINING O’QITILISH METODIKASI
Rahmonova Nasiba
Andijon davlat universiteti Pedagogika
fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
II bosqich 201-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalarga ko’p xonali sonlar mavzusining
o’qitish
metodikasi, hisoblash malakalari sinflar kesimida masalalar va misollarning
ishlanish metodikasi, ko’p xonali sonlar ustida qo’shish va ayrish amallarining
bajarilish usullari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
ko’p xonali sonlar, qo’shish, ayrish, qo’shish va ayrishning ustun
shakli, guruhlash, bo’laklab qo’shish.
(4-sinf. Matematika darsligi. 12-bet)
Uch xonali 328 sonining yozuvida uchta xonani — birlar, o‘nlar,
yuzlar
xonasini tashkil etuvchi uchta raqam bor. Bu xonalar birlashtiriladi va sinf deb
ataladi. Istalgan miqdordagi turli raqamlardan tashkil topgan sonlarni — to‘rt
xonali, besh xonali, olti xonali, yetti xonali va h.k. sonlarni yozish mumkin. 625
347 soni —olti xonali son. O‘ngdagi dastlabki uchta raqam birlar sinfini
tashkil
etadi. Birlar sinfidan keyin minglar sinfi keladi. Minglar sinfida uchta xona bor,
bular: bir minglar, o‘n minglar, yuz minglar. 5 raqami beshta minglikni, 2 raqami
ikkita o‘n minglikni, 6 raqami oltita yuz minglikni anglatadi. Hammasi bo‘lib, bu
sonda 625
ta minglik, 347 ta birlik bor. Shuning uchun 625 347 sonini bunday
INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
July , 2022 Boston, USA
183
o‘qish qabul qilingan: olti yuz yigirma besh ming uch yuz qirq yetti („birlik“ so‘zi
aytilmaydi).
So’ngra jadvalga qaraymiz. Birinchi sonda ikkinchi sinfning 45 birligi bor. Bu son
45 ming deb o‘qiladi. Birlar sinfiga yozilgan nollar bu sinfda birinchi sinf birliklari
yo‘qligini bildiradi. Jadvalda yozilgan keyingi sonlarning
har birida ikkinchi
sinfning nechta birligi bor? Shu sonlarni o‘qing kabi topshiriqlar o’quvchiga berib
borilishi lozim.
Minglar sinfidan keyin millionlar sinfi keladi. Uning xonalari bunday ataladi: bir
millionlar,o‘n millionlar, yuz millionlar.
Ko‘p xonali sonni o‘qish uchun, uning yozuvini o‘ngdan chapga qarab har birida
uchtadan raqami bo‘lgan sinflarga ajratiladi. Oxirgi (chapdagi) sinfda 3 ta, 2 ta yoki
1 ta raqam bo‘lishi mumkin. Misol, 3 000 624 sonini o‘qing. Yozuvni o‘ng-dan
chapga 3 ta raqamli sinflarga ajratamiz. Har bir sinf birliklari sonini va unga qo‘shib
sinf nomini aytamiz (birlar sinfining nomi aytilmaydi). Minglar sinfi nollardan
tashkil topgan, shuning uchun uning nomi aytilmaydi. 3 000 624
soni bunday
o‘qiladi: uch million olti yuz yigirma to‘rt.
Ixtiyoriy sonni uning xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi bilan almashtirish mumkin.
Masalan: 804 = 800 + 4
804 000 = 800 000 + 4 000
O’quvchilar onggiga agar biror xonada nol turgan bo‘lsa, sonni o‘qishda shu xona
nomi tushirib qoldiriladi deagn qoidani yaxshilab singdirish darkor.. Ko‘p xonali son