Iqtisodiy bilim asoslari


Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi usullari va vositalari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə157/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

2.Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi usullari va vositalari.


Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:

  • bevosita ta’sir qilish usullari;

  • bilvosita ta’sir qilish usullari;

  • tashqi iqtisodiy usullar.

Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.
Hozirda so‘nggi uchinchi yo‘l ustun ravishda amal qilmoqda.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda quyidagi ma’muriy vositalardan foydalanadi:
a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati;
v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to‘g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar).
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin