Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə158/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • hisob stavkasini tartibga solish;

  • moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish;

  • davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash).

Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo‘jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko‘rsatishda xam keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to‘lashda berilgan imtiyozlarga bog’liq bo‘ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo‘ladi.
Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;

  • ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag’batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta’minlash;

  • investitsiya jarayoni va iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish;

  • ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish;

  • qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi. Тovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag’batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.


  1. Yüklə 4,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin