Aholi daromadlari, ularning turlari va shakllanish manbalari.
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.
Aholi daromadlari – bu ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdoridan iboratdir.
Aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi quyidagi 24-jadval ko‘rinishida keltirilgan.
24-jadval
Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi
1) Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh
2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va
natural ko‘rinishdagi ta’minotlari
3) Тadbirkorlarning ajratmalari:
a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga,
b) boshqa maqsadlarga.
|
Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar
|
4) Erkin kasblardagi shaxslar
5) Fermerlar
6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va
savdogarlar
|
O‘zini-o‘zi band qilishdan daromadlar
|
7) Renta, sof foiz, dividendlar
|
Mulkdan olinadigan daromadlar
|
8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning
xayriyalari
9) Davlat nafaqalari va boshqa to‘lovlar
|
Тransfert daromadlari
|
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |