Iqtisodiy bilim asoslari


) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə167/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi.
Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar o‘rtasidagi taqsimoti o‘ta darajada notekis bormoqda. XX asrda er shari aholisining eng boy chorak qismi YAIMning o‘rtacha jon boshiga 6 baravar o‘sishiga erishgan bo‘lsa, eng kambag‘al chorak qismi esa bu ko‘rsatkichning 3 baravar o‘sishiga erishgan xolos.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga etadi, ularning deyarli yarmi ochlik va to‘yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi turli kasalliklar natijasida o‘limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar etarli darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqdalar. SHuningdek, “yashirin ochlik” – sifatli va to‘liq ovqatlanmaslik ham keng tarqalgan.
SHunga qaramay, fan va texnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko‘paytirish imkonini berib, u nafaqat hozir, balki kelgusida yashashi mumkin bo‘lgan barcha aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondira oladi.
3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi.
Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’siri u qadar ahamiyatli bo‘lmay, tabiat o‘zining ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo‘lib kelgan. Biroq, hozirga kelib, atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o‘zini-o‘zi qayta tiklash qobiliyatini yo‘qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi 200 yil ichida er yuzidagi 900 minga yaqin turdagi o‘simlik va hayvonlar qirilib ketgan.
Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zahiralari tugab bormoqda, o‘rmon materiallari resurslari va xom ashyoning boshqa turlari qayta tiklanib ulgurmayapti. Er yuzidagi iqlimning o‘zgarishi, azon qatlamining siyraklashuvi, boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda.
Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish uchun tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik kapital qo‘yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim bo‘ladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin