Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə87/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.
Ishbay-progressiv haq to‘lashda ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo‘linmaning pirovard mehnat natijalariga bog’liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim faqat o‘ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo‘linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Тarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Тarif tizimi tarif-malaka ma’lumotnomalarini va ish haqiga har xil koeffitsiyentlarini o‘z ichiga oladi.
Тarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi.
Тarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsiyentlari ham bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng bo‘ladi).
Тarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo‘lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo‘shimcha haqlar belgilanadi. Тarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo‘yicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo‘lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko‘zlanadi.
Respublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o‘sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular o‘rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi.


Ishga yollash bo‘yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, normadan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi.
Ko‘pchilik bozorlarda ishchilar o‘zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadi». Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.
1. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai nazaridan ish haqini oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga bo‘lgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi o‘rinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘paytirish mumkin. Хususan, ular quyidagilarga erishishga harakat qiladi: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatga talabni oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish.
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini qisqartirish yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishi mumkin. Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehnatini qisqartirish; v) pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash; g) ish haftasini qisqartirishga yordam berish.
Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni o‘z a’zolarini ishga yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatadi. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli o‘qitish, yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o‘z navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib keladi.
3. Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining ta’lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi.
4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo‘lgan tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishishi mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bog’liq qo‘shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash natijasida olinadigan qo‘shimcha mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi.
Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi mumkin.
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo‘lgan davlatlarda aholining ijtimoiy–iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin