Iqtisodiy bilim asoslari


Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko‘rinishlari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə92/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

3. Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko‘rinishlari


Agrosanoat integratsiyasiqishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash sanoat tarmoqlari o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat majmuasi (ASM)bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir.
ASM to‘rtta sohani o‘z ichiga oladi:
Birinchi soha - qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘lgan tarmoqlar;
Ikkinchi soha – qishloq xo‘jaligining o‘zi;
Uchinchi soha – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish);
Тo‘rtinchi soha - odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infratuzilma (yo‘l-transport xo‘jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo‘jaligi)dan iborat.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Qishloqni yangilash va qayta qurish chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega»1. Shu sababli Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish davom ettirilmoqda.


4. Agrobiznes va uning turlari


Тadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‘g’ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o‘zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin.
Fermer xo‘jaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va mehnat bevosita qo‘shiladi, bu esa yuqori samarani ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklari mustaqil tuzilma bo‘lish sababli o‘z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo‘jaligining yashovchanligini ta’minlaydi.
Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan edi. Shu sababli respublikamizda qishloq xo‘jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Respublikada fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g’risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g’risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g’risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Respublikada fermer xo‘jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina- traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma’lum turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonalardir.
Agrofirmalar ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin