Birinchi guruh indekslarga yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, qishloq xo‘jaliga va sanoat mahsuloti fizik hajm indekslari kabi indekslar kiradi.
Ikkinchi guruh indekslarga baho indekslari, tannarx, mehnat unumdorligi, mahsuldorlik, hosildorlik indekslari kabi indekslar kiradi.
To‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘yicha ham indekslar ikki guruhga bo‘linadi:
Individual (yakka) indekslar;
Umumiy indekslar;
Hisoblash usuliga qarab ham indekslar ikki guruhga bo‘linadi:
Agregat indekslar.
O‘rtacha indekslar.
Indekslarni hisoblashda ikkita davr qatnashadi, shundan biri hisobot, ikkinchisi o‘tgan, bazis davri hisoblanadi.
2. Yakka va umumiy indekslar
Indekslar murakkab hodisaning umumiy jami uchun ham, murakkab hodisaning alohida elementlari uchun ham hisoblanadi. Shunga qarab ular yakka va umumiy indekslarga bo‘linadi.
O‘rganiladigan murakkab hodisaning (statistik to‘plamning) alohida elementlarini o‘zgarishini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar yakka indekslar deyiladi. Masalan, paxta, sabzavot, don, jun, go‘sht, sut miqdorlari indekslari, mehnat unumdorligi, tannarx indekslari va boshqalar.
Yakka indekslar ikki absolut miqdorlarni birini ikkinchisiga nisbati tariqasida aniqlanadi. bularga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin:
1. Mahsulot miqdorining yakka indeksi. Bu indeks hisobot davrida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorini bazis davrida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi va mahsulot miqdorining o‘zgarishi ta’riflanadi. Mahsulot miqdorining yakka indeksi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
;
Bunda: q1 – hisobot davrida yetishtirilgan mahsulot miqdori
(s,t.)
q0 – bazis davrida yetishtirilgan mahsulot miqdori (s,t.)
Masalan, hisobot yilida 10 ming bazis yilida esa 8 ming sentner bug‘doy sotilgan. Mahsulot miqdori yakka indeksi 125% ni
Demak, bazis yiliga nisbatan bug‘doy sotish 25% ga ko‘paygan.
Dostları ilə paylaş: |