2. Bahoning yakka indeksi. Hisobot davridagi mahsulot birligi bahosini bazis davridagi mahsulot birligi bahosiga bo‘lish yo‘li bilan baho yakka indeksi aniqlanadi. Ushbu indeks orqali bahoning o‘zgarishi ta’riflanadi:
;
Bunda: p1 – hisobot davrida sotilgan 1 s (1 t.) mahsulotning
bahosi (so‘m);
p0 – bazis davrida sotilgan 1 s (1 t.) mahsulotning
bahosi (so‘m).
Masalan, sotilgan 1 s bug‘doyning bazis yilidagi o‘rtacha bahosi 3500 so‘m, hisobot yilidagi 3780 so‘m bo‘lgan. Bahoning yakka indeksi 108%ni tashkil qilgan:
Demak, hisobot yilida baho o‘tgan yilga nisbatan 8%ga oshgan.
3. Tannarxning yakka indeksi.Bu indeksni aniqlash uchun hisobot davrida yetishtirilgan mahsulot birligining tannarxini bazis davridagi tannarxiga bo‘lish orqali aniqlanadi. ushbu indeks yordamida tannarxning oshganligi yoki kamayanligi foiz hisobida ta’riflanadi:
;
Bunda: Z1 – hisobot davrida yetishtirilgan 1 s mahsulotning
tannarxi (so‘m);
Z0 – bazis davrida yetishtirilgan 1 s mahsulotning
tannarxi (so‘m);
4. Mehnat unumdorligining yakka indeksi.Bu indeksni aniqlash uchun hisobot davrida 1 kishi-soat (1 kishi-kuni) hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdorini bazis daprrida 1 kishi-soat (1 kishi-kuni) hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdoriga bo‘linadi. Bu indeks har bir mahsulot turi bo‘yicha mehnat unumdorligini oshgan yoki kamayganligini ifodalaydi. Ushbu indeks quyidagicha aniqlanadi:
;
Bunda: – hisobot davrida 1 kishi-soat hisobiga ishlab chi-
qarilgan mahsulot miqdori (s,t.);
– hisobot davrida 1 kishi-soat hisobiga ishlab chi-
qarilgan mahsulot miqdori (s,t.);
5. Mehnat unumdorligining teskari yakka indeksi. Bu indeksni aniqlash uchun mahsulot birligi uchun sarf bo‘lgan vaqtni hisobot davrida mahsulot birligi uchun sarf bo‘lgan vaqtga bo‘lish kerak:
;
Bunda: t0 – 1 s mahsulotni yetishtirish uchun bazis davrida
sodir bo‘lgan vaqt (kishi-soat);
t1 – hisobot davrida 1 s mahsulotni yetishtirish
uchun sarf bo‘lgan vaqt (kishi-soat).
Jami murakkab hodisalarning (statistik to‘plamning) tarkibiy qismlarining yaxlit o‘zgarishini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar umumiy indekslar deb ataladi. Masalan, xo‘jalikda yetishtirilgan yalpi mahsulot indeksi taqqoslama bahoda 2006-yilda 2005-yilga nisbatan 105%, 2000-yilga nisbatan 180% ni tashkil qilgan deb faraz qilaylik. Bu keltirilgan raqamlar mahsulot fizik miqdori umumiy indeksi hisoblanadi. Demak, bu indekslar qishloq xo‘jalik korxonasida jami yetishtirilgan natural mahsulotlarning fizik miqdorlari o‘rtacha hisobda 2006-yilda 2005-yilga nisbatan 5% ga, 2000-yilga nisbatan 80% ga oshganligini bildiradi.
Berilgan ma’lumotlar va hisoblash usullariga qarab umumiy indekslar agregat va o‘rtacha indekslarga bo‘linadi. Umumiy indekslarning asosiy shakli bo‘lib agregat indekslar hisoblanadi.