Iqtisodiy indekslar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/21
tarix13.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#51229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
5 мавзу Iqtisodiy indekslar


mAVZU : IQTISODIY INDEKSLAR

Reja:
1 Indeks so`zining lug`aviy ma`nosi va qo`llanishi

2. Indekslarning turlari va tasnifi

3. Yakka indekslar

4. Zanjirsimon, o`zgarmas asosli va o`zgaruvchan asosli yakka indekslar

Lotincha indeks (index) so`zi aynan tarjima qilinganda alomat, belgi degan ma`noni bildiradi. Bu so`zni ko`pincha “ko`rsatkich” mazmunida ham sharhlaydilar.



Statistikada indeks deganda maxsus iqtisodiy ko`rsatkich tushuniladi va u iqtisodiy hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlarda rivojlanish darajasini ta`riflaydi

Statistikada indekslar deganda maxsus iqtisodiy ko`rsatkichlar tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o`rganishda muhim qurol hisoblanadi. Statistik indekslar iqtisodiy hodisalarning rivojlanish darajasini ko`rsatadi, ya`ni ular o`rganilayotgan

hodisalarning umumiy hajmini ifodalamaydi, balki ularni qiyosiy jihatdan xarakterlaydi, o`zgarishini aniqlaydi.

Indekslar odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalanadi. Shunga asoslanib, indekslarni nisbiy miqdorlar deb ta`riflash darsliklar va ilmiy asarlarda keng tarqalgan. Ammo bunday ta`rif indekslar mohiyatini haddan tashqari soddalashtirish, ularning sotsial-iqtisodiy hodisalarni bilish quroli sifatida roli va o`rnini tor doirada chegaralashdan boshqa narsa emas.

Indekslarning nisbiy miqdorlarda ifodalanishi, ularning mohiyatini namoyon bo`lish shakllaridan biridir, xolos. Indekslar nafaqat nisbiy ko`rsatkich, balki shu bilan birga o`rtacha ko`rsatkichdir, chunki ular o`rtacha o`zgarishlarni ta`riflaydi. Bundan tashqari, mutlaq o`zgarishni ham ta`riflashi mumkin, chunki o`rtacha nisbiy o`zgarishda mutlaq o`zgarish ham o`z ifodasini topadi.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin