II.BOB. MILLIY IKTISODIYOT RIVOJLANISHI JARAYONLARIDA TURLI MAKROIKTISODIY KO`RSATKICHLAR
2.1. Mamlakatning makroiktisodiy xolati ko`rsatkichlar tizimi
Milliy iktisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiktisodiy ko`rsatkichlar o`rtasida ma`lum proportsiyalar yoki tenglik ta`minlanishi lozim. Proportsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo`laklarining nisbatini, yoki shu bo`laklar o`rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzuimizning YAMTD ning yakuniy iste`mol va milliy jamgarishga bo`linishini misol kilib keltirish mumkin.
Odatda YAMTD xajmida yakuniy iste`mol xajmi yukori bo`ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalk Respublikasi misolida ko`rdikki milliy jamgarmalarning ulushi xam yukori bo`lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste`mol va milliy jamgarmalarning YAMTD dagi ulushi 3:1 proportsiyada xam, 2:1 proportsiyala xam bo`lishi mumkin ekan
SHu bilan birga iktisodiyotda muvozanat bo`lishi uchun ayrim ko`rsatkichlarning aynan teng bo`lishi talab etiladi. Turli makroiktisodiy ko`rsatkichlar, yoki ko`rsatkichlar guruxlari o`rtasidagi mavjud bo`ladigan, yoki mavjud bo`lishi iktisodiy konuniyat xisoblagan o`zaro tenglikka makroiktisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida xisoblangan YAIM ko`rsatkichlarining o`zaro tengligi asosiy makroiktisodiy ayniyat xisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiktisodiy ayniyat investitsiyalar va jamgarmalar o`rtasidagi tenglik xisoblanadi.
Investitsiyalar mikdori mamlakatdagi jamgarmalar mikdoriga boglik bo`ladi. Bu ikki ko`rsatkich o`rtasidagi tenglikka erishish makroiktisodiy barkarorlikka erishishning muxim shartidir.
Agarda, milliy iktisodiyot tashki dunyo bilan xech kanday alokaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iktisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=O), deb faraz kilinsa, unda YAIM orkali ifodalangan ishlab chikarish xajmi SHTD ga teng bo`ladi. YA`ni:
YAIM = SHTD = S + S, ayni paytda: YAIM = S + I
Bu erda makroiktisodiy ayniyat kuyidagi ko`rinishga ega bo`ladi
S + I = S + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko`rinib turibdiki, uy xo`jaliklarining jamgarishga bo`lgan istaklari tadbirkorlikning kancha mikdorda investitsiyalash xoxishlariga mos tushsa, unda daromadlar xajmi (SKS) va yalpi xarajatlar (SKI) xajmiga tengligiga yoki ishlab chikarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iktisodiyoti ochik, ya`ni eksport-import alokalari yo`lga ko`yilgan, solik solish va transfert to`lovlari ko`rinishida davlat aralashuvi mavjud bo`lsin. Bunday xolatda jamgarish tushunchasi murakkablashib, kuyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
S = Sp + Sd + Sx
Bu erda: Sp - xususiy jamgarmalar;
Sd - davlat jamgarmalari;
Sx - boshka mamlakatlar jamgarmalari.
Bunda xususiy jamgarmalar daromadlar (U), transfert to`lovlari (TR), davlat zayomlari bo`yicha foizlar yigindisidan (N) soliklar (T) va iste`mol (S) xarajatlari yigindisini ayirish natijasiga teng bo`ladi.
Sp = (U + TR + N - T) – C
Davlat jagmarmalari kuyidagi mikdorga teng bo`ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamgarmalari nolga teng bo`lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamgarishning manfiy mikdori byudjet takchilligini (BT) bildiradi
BT = - Sg
Bu erda: BT – byudjet takchilligi mikdori.
Boshka mamlakatlarning jamgarmalari tashki dunyoning bizning importimiz xisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan xarajatlarini ayirib topiladi.
Sx k=M – X yoki Sx = -Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko`prok import kilsa, unda daromadlarning bir kismi xorijda koladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko`chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Xar kanday xolatda xam barcha turdagi jamgarmalarning umumiy yigindisi investitsiyalarga teng bo`ladi:
p = Sd + Sx = (U + TR + N –T ) -C + ( T – TR – N )) - G + (-Xn) yoki
Sp + Sd + Sx = U - C - G - Xn
S = C + I + G - Xn - C - G - Xn
S = I
Demak, iktisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafakat ichki jamgarmalar xisobiga, balki tashki dunyo jamgarmalari xisobiga xam amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yukori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar okimining o`sishiga olib keluvchi muxim shartlardan biridir.
Keynschilar fikriga ko`ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. CHunki investorlar va jamgaruvchilarnnig rejalari o`zaro mos kelavermaydi. SHu tufayli davlat to`gri iktisodiy siyosat yurgizib makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlashi shart.
Iktisodiyotda mavjud bo`lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni xisoblashni kiyinlashtiradi. Bu ko`rsatkich dinamikasi bir vaktning o`zida ishlab chikarilayotgan maxsulotlar mikdor va baxo darajalarining o`zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YAIM mikdoriga bir vaktning o`zida xam ishlab chikarilayotgan maxsulotlarning fizik xajmi, xam baxo darajaci o`zgarishi ta`sir ko`rsatadi.
Iktisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiktisodiy ko`rsatkichlarni takkoslama baxolarda xisoblashni zarur etib ko`yadi. CHunki, inflyatsiya iktisodiyotning real xolatini buzib ko`rsatadi. Iktisodiyotni taxlil kilish, muammolarni aniklash xamda boshkaruv karorlarini kabul kilishni kiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baxolarda xisoblangan nominal ko`rsatkichlardan emas, balki takkoslama (bazis) baxolarda xisoblangan real ko`rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farkli o`larok milliy iktisodiyotda juda ko`p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chikarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga takkoslama baxolarda xisoblash kiyin. SHu tufayli YAIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muxim tovarlar va xizmatlar baxosining o`zgarishi koeffitsienti ( baxolar indeksi) xisoblab topilib olingan natija butun milliy iktisodiyot uchun tadbik etiladi.
Baxolar indeksini yoki inflyatsiya darajasini xisoblash uchun:
- deflyator (Paashe indeksi);
- iste`mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chikarish baxolari indekslari xisoblanishi lozim.
Deflyator ko`rsatkichi kuyidagi formula bilan xisoblaganadi:
Qi1 Pi1
Deflyator = ------------- 100
Qi1 Pi0
Bu erda: i – deflyatorni xisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar xajmi mikdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko`ylak va x.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — maxsulotning shu yilga baxosi;
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – maxsulotning bazis yildagi baxosi.
Deflyatorni xisoblash shartlari:
- odatda o`tgan yilga nisbatan xisoblanadi;
- bozor savati joriy yilda aniklanib keyingi yillarda o`zgartirilishi mumkin;
- bozor savatiga xam iste`mol ishlab chikarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YAIM dagi ulushi katta kismini tashkil kilishi kerak;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar xajmlari o`rtasidagi nisbat ularning YAIM dagi ulushlari o`rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.
Nominal YAMM
Real YAIM = ———————————— 100
Deflyator
Iste`mol narxlari indeksi kuyidagicha aniklanadi:
Qi0 Pi1
INI = ------------- 100
Qi0 Pi0 Bu erda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar xajmi;
Pi1 – i – tovarning joriy yildagi baxosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi xajmi.
Iste`mol narxlari indeksi xisoblashning shartlari;
- bozor savati bazis yil uchun aniklanadi va bir necha yil davomida o`zgarmaydi;
- bozor savatiga fakat iste`mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning xajmi iste`mol xarajatlarining katta kismini tashkil etishi kerak.
INI ko`rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi o`zgarmas bo`lganligi tufayli axoli iste`moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o`zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro`y bergan o`zgarishlarni xisobga olish imkonini bermaydi SHu sabrbli bu indnks baxolar darajasini biroz oshirib ko`rsatadi.
YAIM deflyatori esa bozor savatiga joriy yida kiritilmay kolgan tovarlar baxolarining oshishini xisobga olish imkonini bermasligi tufayli baxolar darajasini biroz pasaytirib ko`rsatadi. SHu sababli bu ikki indeksning o`rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi xisoblanadi:
If = Idef * Iini
Sanoat ishlab chikaruvchilar baxo indeksi iste`mol narxlari indeksi singari xisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat maxsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baxolarda xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |