KIRISH……………………………………………………………………………3 I.BOB. Asosiy makroiktisodiy ko`rsatkichlar va ularni xisoblash………… 1.1. Milliy iktisodiyotni taxlil kilishda ko`llaniladigan asosiy
ko`rsatkichlar YAlpi ichki maxsulot tushunchasi…………………………...…….5
1.2. YAIMni daromadlar(taksimot usuli) bo`yicha xisoblash. Milliy xisobchilik tizimidagi boshka ko`rsatkichlar…………………………………………….…....11
II.BOB. Milliy iktisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiktisodiy ko`rsatkichlar…………………………………………………………………. 2.1. Mamlakatning makroiktisodiy xolati ko`rsatkichlar tizimi…………….….15
2.2. Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari……….……21
XULOSA………………………………………………………………….……28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………..……….29 KIRISH Mamlakat iktisodiyoti rivojlanishini taxlil kilish, milliy iktisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniklash xamda uni yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chikarish uchun bir kator iktisodiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Aloxida firmalar faoliyatiga baxo berishda ko`llaniladigan ko`rsatkichlardan farkli tarzda bu ko`rsatkichlar milliy iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatiga umumiy baxo berish, makroiktisodiy taxlil o`tkazish, mamlakat iktisodiyotining jaxon xo`jaligida rakobatga bardoshliligi darajasini aniklash imkonini beradi.
Bu ko`rsatkichlarga kuyidagilar kiradi:
· YAlpi ichki maxsulot (YAIM), Sof ichki maxsulot (SIM), YAlpi milliy daromad (YAMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste`mol(S), Jamgarish (S) ko`rsatkichlarining xajmi va o`sish sur`atlari;
. iktisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
. mamlakat eksporti va importi xajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va o`sish suratlari;
. resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko`rsatkichlar (Mexnat unumdorligi, Fond kaytimi);
· davlat byudjeti takchilligi, deflyator, iste`mol baxolari indeksi, inflyatsiyaning o`sish sur`atlari;
· ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, axolining ish bilan bandlik darajasi;
· axolining moddiy ne`matlar va xizmatlar iste`moli xajmi, ularning jamgarmalari, ish xakining kuyi mikdori va boshkalar.
Davlat byudjeti takchilligi va inflyatsiya surati kabi ko`rsatkichlar umumiy makroiktisodiy vaziyatga baxo berishda ko`llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD, SHTD, S, S ko`rsatkichlari milliy ishlab chikarishning parametrlarini va dinamikasini taxlil etishda foydalaniladi.
Bu ko`rsatkichlar iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniklanib, ularni xisoblashning asosini Milliy xisobchilik tizimi(MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o`tagani xolda uning standartlaridan kelib chikkan xolda makroiktisodiy ko`rsatkichlarni xisoblash, mamlakatlararo takkoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iktisodiyotining xakikiy xolatini o`rganish, unga tizimli baxo berish uchun yukorida sanab o`tilgan barcha ko`rsakichlardan foydalanish zarur, aks xolda bir tomonlama yondoshuvga yo`l ko`yilishi mumkin.