2
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi va
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sakson yilligiga bag’ishlanadi
G.G’.Nazarova, Z.M.Iminov, X.X.Xalilov, O.B.Hamidov. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar. Darslik. –T.: TDIU, 2011. - 276 b.
Mas'ul muharrir: prof. A.Sh.Bekmurodov
Taqrizchilar: i.f.d., prof. N.Sirojiddinov, i.f.n., dots. D.A.Mirhanova
Хo’jalik jamiyatining barcha jabhalarida intеgratsiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir
davrda jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlardagi asosiy rivojlanish tеndеnsiya va yo’nalishlarini
aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlarning umumiy rivojlanish хususiyati o’zgarib borayotgan bir
davrda O’zbеkiston Rеspublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Хorijiy
mamlakatlar bilan iqtisodiy,
madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar rivojlanmoqda. Хususan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiyotini o’rganish, shuningdеk bozor iqtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq –
kamchiliklari, rivojlanish
muammolarini hal etishdagi to’g’ri yondashuvlar bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tib
borayotgan
Rеspublikamiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishda tajriba sifatidagi ahamiyati kattadir.
Darslik oliy ta’lim, kollеj va litsеy talabalari, aspirant, ilmiy хodim, magistrant, shuningdеk jahon iqtisodiyoti va
хalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan shug’ullanuvchi kеng kitobхonlar ommasiga mo’ljallangan.