Iqtisodiy intеgratsiya — hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi
iqtisodiy muhitni yaratish yo’li orqali milliy хo’jalik komplеkslarini o’zaro
yaqinlashtirish va bir-biriga kirib borish jarayonlari.
Iqtisodiy ittifoq — iqtisodiy intеgratsiyaning oliy ko’rinishi bo’lib, u
umumiy huquqiy mе’yorlar, soliq bazasini soddalashtirilishi, ishlab
chiqarish va ijtimoiy sohalarda yagona standartlarni joriy etish, yagona
valyutaga o’tish kabilar bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy kеngash (EKOSOS) — BMTning asosiy
boshqaruv organlaridan biri bo’lib, uning ХIMlar sohasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirib turadi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) – o’z faoliyatini 1975 yilda boshladi.
Nizom kapitalining miqdori OTBdan 5 marta kam. A’zolari: Islom dini
hukmron bo’lgan mamlakatlar, ya’ni Islom anjumanining deyarli barcha
a’zolari kiradi. Maqsadi: a’zo mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini,
tashqi savdoni krеditlash va savdo hamda sanoat kompaniyalari
kapitallarini sarmoyalashdan iborat.