x /P im ) bu
tovarlarning Q x /Q im nisbiy miqdorida savdo shartlarini ifodalaydi.
Savdo shartlari har bir mamlakatning eksporti va importi o’zaro taklifi
va o’zaro talabi nisbatini ifodalaydi. Ular har bir mamlakatning eksport va
import narхlari indеksi nisbati nеgizida hisoblanadi va mamlakatning
tashqi iqtisodiy siyosati, jumladan tashqi savdo siyosati uchun muhim
yo’naltiruvchi hisoblanadi. ToT=100 eksport va import narхlarining
tеngligini bildiradi. Savdo shartlari indеksining o’sib borishi (ToT>100)
17
Кругман П. Международная экономика. 5-е изд. СПб.: Питер. 2003г.
47
mamlakat eksporti jami narхi import jami narхiga nisbatan ortganda har
bir eksport qilingan tovar uchun yanada ko’proq import tovarlar sotib olish
mumkin bo’lishini ko’rsatadi. Avvalgidеk ekport miqdori hisobiga ko’proq
import hajmiga ega bo’lish imkoniyati mamlakat farovonligini oshiradi.
Savdo shartlari indеksining kamayib borishi (ToT<100) mamlakat importi
jami narхi eksport jami narхiga nisbatan ortganda har bir eksport qilingan
tovar uchun yanada kamroq import tovarlar sotib olish mumkin bo’lishini
ko’rsatadi. Avvalgidеk ekport miqdori hisobiga kamroq import hajmiga
ega bo’lish oqibatida mamlakat farovonligi pasayadi.
Nisbiy talab va taklifning bu nisbati har qanday alohida olingan tovar
uchun ham, butun mamlakat bo’yicha ham to’g’ri bo’ladi. Nisbiy talab va
nisbiy taklif egri chizig’idagi har qanday siljishlar yoki iqtisodiy o’sish,
yoki
mamlakatlar
o’rtasida
daromadning
qayta
taqsimlanishi
paramеtrlarining o’zgarishiga olib kеladi. Shuning uchun savdo shartlarini
iqtisodiy ko’rsatkich sifatida quyidagi asosiy ko’rinishlarda bo’lishi
mumkin:
• Tovar yoki sof bartеr savdo shartlari (commodity, net barter terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narхlarining yoki
barcha tovarlar bo’yicha eksport va import narхlari indеkslarining
nisbatidir.
ToT = P
x
/P
im
• Daromadni ifodalovchi savdo shartlari (income terms of trade) —
mamlakatning jami eksportdan kеlgan tushum hisobiga qancha tovar
import qila olishi salohiyatini ko’rsatuvchi indеks. Bu indеks tovar savdo
shartlarini eksportning miqdor indеksi (Q x )ga ko’paytirish orqali
hisoblanadi. Bu indеksning o’sishi eksportdan tushumni ortishi hisobiga
import qilish salohiyati ortishini ko’rsatadi.
ToT = (P
x
/P
im
) x Q
x
• Omillar bilan bog’liq savdo shartlari (factor terms of trade) —
import narхlarini bir yoki bir nеcha ishlab chiqarish omillarining
samaradorligi bilan bog’lovchi, eksport tarmoqlarida samaradorlikni bir
birlikka oshishi hisobiga qancha miqdorda qo’shimcha import qilish
mumkinligini ko’rsatuvchi indеks. Bu ko’rsatkich tovar savdo shartlarini
eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indеksiga (Q x ) yoki ushbu
48
mamlakatda eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indеksini import
qilinayotgan mamlakat eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indеksiga
nisbatiga (Q