TADQIQOT NATIJALARI
Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat - bu mamlakat
butun iqtisodiyotning
mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo'jaliklarning me’yorida
rivojlanishini
ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o'zaro
bog'liq muvozanatlar tizimini o'z ichiga oladi.Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan
ikkita o'zaro bog'liq usuldan foydalaniladi:
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg'arma va investitsiyalami taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy
hajmining miqdoriy ko'rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar
sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+I„) olinadi. Mazkur
modelda yalpi investitsiyalar o'miga sof investitsiyalar ko'rsatkichidan
foydalanish ishlab
chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YAIM o'miga SMMning qo'llanishi bilan izohlanadi.
Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar
tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (X„) e’tiborga olinmaydi.
MUHOKAMA
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning
rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va
barqarorlashtirish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish
jarayoni iqtisodiy
rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan
mahsulot tarkibini o'zgartirishga yo'naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda
tutilgan maqsad eng awalo,
makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini
olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat bo'ldi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
7
XULOSA
Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini
olish, mamlakat to'lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlami ham o'z
ichiga
oladi.Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan
yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi.
Moddiy ishlab
chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko'zda tutildi.
REFERENCES
1. Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -Т.: Barkamol fayz-
media, 2017, 783 bet.
2. Улмасов А., Вахабов А. В. Икгисодиёт назарияси. -Т.: Иктисод-молия, 2014,480 б.
3. Шодмонов Ш.Ш., Еофуров У.В. Икгисодиёт назарияси. Дарслик. -Т.: Иктисод-молия,
2010,728 б.
4. Раззоков А., Тошматов Ш., Урмонов Н. Иктисодий таълимотлар тарихи. Дарслик. -Т.:
Иктисод-молия, 2007, 320 б.
5. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. -Т.: Moliya, 2002,
42-89-90-147-149 b.