Iqtisodiy muvozanat va uning shakllari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix01.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#151364
1   2   3
iqtisodiy-muvozanat-va-uning-shakllari

TADQIQOT NATIJALARI 
Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat - bu mamlakat butun iqtisodiyotning 
mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo'jaliklarning me’yorida rivojlanishini 
ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o'zaro 
bog'liq muvozanatlar tizimini o'z ichiga oladi.Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan 
ikkita o'zaro bog'liq usuldan foydalaniladi: 
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 
2. Jamg'arma va investitsiyalami taqqoslash usuli. 
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy 
hajmining miqdoriy ko'rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar 
sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+I„) olinadi. Mazkur 
modelda yalpi investitsiyalar o'miga sof investitsiyalar ko'rsatkichidan foydalanish ishlab 
chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YAIM o'miga SMMning qo'llanishi bilan izohlanadi. 
Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar 
tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (X„) e’tiborga olinmaydi. 
MUHOKAMA 
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning 
rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. 
Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va 
barqarorlashtirish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy 
rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan 
mahsulot tarkibini o'zgartirishga yo'naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng awalo
makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini 
olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat bo'ldi.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 

XULOSA 
Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini 
olish, mamlakat to'lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlami ham o'z ichiga 
oladi.Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan 
yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab 
chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko'zda tutildi. 
REFERENCES 
1.
Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -Т.: Barkamol fayz-
media, 2017, 783 bet. 
2.
Улмасов А., Вахабов А. В. Икгисодиёт назарияси. -Т.: Иктисод-молия, 2014,480 б. 
3.
Шодмонов Ш.Ш., Еофуров У.В. Икгисодиёт назарияси. Дарслик. -Т.: Иктисод-молия, 
2010,728 б. 
4.
Раззоков А., Тошматов Ш., Урмонов Н. Иктисодий таълимотлар тарихи. Дарслик. -Т.: 
Иктисод-молия, 2007, 320 б. 
5.
Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. -Т.: Moliya, 2002, 
42-89-90-147-149 b. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin