Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va



Yüklə 222,67 Kb.
səhifə9/14
tarix02.06.2023
ölçüsü222,67 Kb.
#122256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2-mavzu Solov modeli (4)

2.4-rasm. Bir ishchiga to‘g‘ri keladiganishlab chiqarish va
talab t + )
Kapital amortizatsiyasi hajmini aniqlash uchun har yili uning aniqlangan ma’lum bir qismi d chiqib ketadi deb hisoblaymiz. Bu ko‘rsatkich amortizatsiya me’yori deyiladi Masalan, agar kapital o‘n yil ekspluatatsiya qilinsa unda chiqib ketish me’yori yiliga 10% (d
=0.1) ni tashkil etadi. Shunday qilib, har yili chiqib ketadigan kapital miqdori {dk) ni tashkil etadi. Kapitalning har yili chiqib ketadigan qismi kapital zaxiralari bilan proporsional. Shunday qilib, investitsiyalarda chiqib ketishning va kapital zaxiralariga ta’sirini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
i — AZr (2.23.)
bu yerda o- bir ishchiga to‘g‘ri keladigan, kapital zaxiralarining
o‘zgarishi.
Investitsiyalar va jamg‘armalar tengligidan foydalanib quyidagiga ega bo‘lamiz.
W = s/(£) — dk (2.24.)
U kapital zaxirasi (k) investitsiyalar chiqib ketish hajmi bilan tenglashgunga qadar f k) -- dk1) O‘Z ishni (n > o) ko‘rsatadi. Bu holatni y nuqta ifodalab unga mehnatning kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasi £‘ muvofiq keladi.
dk

2.5-rasm. Kapitalni chiqib ketish grafigi.


k‘ ga erishganda iqtisodiyot uzoq muddatli muvozanat holatida bo‘ladi. Kapitalning boshlang‘ich hajmiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda, u keyinchalik barqaror holatga ega bo‘ladi. Agar kapital zaxiralari barqarorlik darajasi (kr) dan past bo‘lsa investitsiyalar chiqib ketishdan ortiq bo‘ladi, kapital bilan qurollanganlik oshadi va o‘sib boradi.- {k‘) darajasiga yetmaguncha. Agar kapital zaxiralari (k2) nuqtaga mos kelsa, unda investitsiyalar eskirishdan kam bo‘1adi. Demakki kapital zaxiralari qisqarib (k‘) darajasiga yaqinlashib boradi.


2.6-rasm. Investitsiyalar, chiqib ketish va kapital bilan qurollanganlikni barqaror darajasi.


Kapital bilan qurollanganlikning muvozanatli darajasiga jamg‘arma meyori ta’sir ko‘rsatadi. Uning (SI) dan (S2) gacha o‘sishi (S?/(7t dan (S2f(R)) ga siljitadi va iqtisodiyot yuqoriroq kapital bilan qurollanganlik @*d va yuqoriroq mehnat unumdorligiga ega yangi muvozanatli holatga o‘tadi.


Shunday qilib R. Solou modeli jamg‘arma me’yori barqaror kapital bilan qurollanganlikni belgilovclii asosiy omil ekanligini ko‘rsatadi.
Jamg‘armaning nisbatan yuqoriroq me’yori kapitalning ko‘proq zaxirasi va ishlab chiqarishning nisbatan yuqoriroq darajasini ta’minlaydi.
Shu bilan birga jamg‘arish jarayoni iqtisodiy o‘sish mexanizmini belgilab bermaydi, u faqat bir muvozanat holatdan ikkinchisiga o‘ti1ishini ifodalaydi. Shuning uchun R. Solou modelining keyingi rivojlanishi aholi sonini o‘zgarishi va texnik taraqqiyotning tezlashishini ko‘zda tutadi. Oldin aholining o‘sishi omilini kuzatamiz.
Aholi soni o‘sgandagi kapital bilan qurollanganlikning muvozanatli darajasi. Aholi doimiy (ii) sur’at bilan o‘sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining ko‘payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga kapital zaxirasi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Yüklə 222,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin