Qiskacha xulosalar
Iktisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish potentsial YAIM xajmining uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. U o`sish ishlab chikarish natijalari va omillarida ro`y beradigan mikdor va sifat o`zgarishlarini xarakterlaydi.
Iktisodiy o`sish real YAIM ning, yoki axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ni o`sish sur`ati bilan o`lchanadi.
Iktisodiy o`sish taklif, talab va taksimot omillari bilan belgilanadi.
Iktisodiy o`sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshkalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko`ra iktisodiy o`sish ekstensiv va intensiv turlarga bo`linadi. Ishlab chikarish resurslar mikdorini o`zgartirmagan xolda o`ssa, intensiv omillar xisobiga amalga oshgan xisoblanadi.
Iktisodiy o`sish modellari deganda iktisodiy o`sishni taxlil kilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniklash va konuniyatlarini ochib berishga xizmat kiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iktisodiy o`sishning asosiy omil investitsiyalar deb karaladi. Jamgarish normasini ko`tarish orkali investitsiyalarni ko`paytirish va ularning samaradorligini oshirish ixtisodiy o`sish shartlari deb karaladi.
Klassik modellarda iktisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillariga boglik, mexnat va kapital o`zaro almashiniladi deb karaladi. SHunga ko`ra kapitalning ma`lum darajasida mexnatning kapital bilan kurollanganlik darajasi, o`z navbatida ishlab chikarish xajmi xam turlicha bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |