G c = s , bu erda
G - YAIMning xakikiy ko`shimcha o`sish sur`ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chikarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamgarish xajmi yoki jamgarishga o`rtacha moyillik, S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta`minlangan o`sish sur`ati bo`lgan kafolatlangan (prognoz kilingan) o`sish sur`atiga asoslanib o`z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o`sish sur`ati jamgarishga o`rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniklanadi:
Gw = s / cr , bu erda:
Gw – kafolatlangan o`sish sur`ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( ktgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko`rsatkichlar doimiy bo`lganligi sababli kafolatlangan o`sish sur`atlari xam doimiy bo`ladi.
Agar xakikiy o`sish sur`ati kafolatlangan o`sish sur`atiga mos kelsa iktisodiyotda barkaror uzluksiz o`sish ta`minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo`lmasligi tufayli kiska muddatli davriy tebranishlar ro`y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to`lik foydalangan sharoitda ta`minlanishi mumkin bo`lgan maksimal o`sish sur`ati tabiiy o`sish sur`ati deb nomlandi.
Dostları ilə paylaş: |