Iqtisodiy о‘sishda fiskal siyosat tushunchasi


-jadval. Davlat byudjetining iqtisodiyot xarajatlari tarkibi, jamiga nisbatan foizda



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/9
tarix23.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#134461
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SirojevY Iqt o\'sish referat

2.3-jadval. Davlat byudjetining iqtisodiyot xarajatlari tarkibi, jamiga nisbatan foizda

2.4-jadval. Davlat byudjetining iqtisodiyot xarajatlari tarkibi 2023-yil uchun


1.3 Iqtisodiyotni rivojlantirishda fiskal siyosatning ahamiyatini oshirish
Rivojlangan mamlakatlarda soliq siyosatining muhim yo`nalishi soliq imtiyozlarini taqdim etish, foydadan soliq stavkasining pasaytirilishi hisoblanadi. Buyuk Britaniyada kichik korxonalar foydasiga nisbatan pasaytirilgan 24 foizlik stavkada soliq solinadi. Bu stavka boshqa korxonalar uchun 33 foiz qilib belgilangan. Frantsiya soliq qonunchiligida kichik biznes sub`ektlari uchun soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliqlarni to`lash rejimlari joriy qilingan. Mikrofirma va kichik korxonalar soddalashtirilgan soliq tizimiga o`tishlari uchun yillik tovar aylanmasi bo`yicha me`yor belgilangan bo`lib, shu me`yor doirasida tovar aylanmasiga ega bo`lgan korxonalargina soddalashtirilgan tartibda soliq to`laydilar. Bu tizimga o`tgan korxonalar QQSdan ozod qilinganlar.Umumbelgilangan tartibda soliq to`lovchi yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq ularning oladigan sof foydasidan undriladi va asosiy stavkasi 33,3% qilib belgilangan. Kichik biznes sub`ektlari uchun 15 foizli stavka amal qiladi. Lekin shuni ham ta`kidlash joizki, soliq imtiyozi hisobiga bo`sh qolgan mablag` korxonaning ustav kapitalini oshirishga va ishlab chiqarishni kengaytirishga yo`naltirilish lozim
Rossiyada kichik biznes sub`ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimi 2003 yil 1 yanvardan boshlab qo`llanila boshlangan. Korxonalar va tadbirkorlar faoliyati ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan uchta asosiy mezonga mos kelgan taqdirda soddalashtirilgan soliq tizimiga o`tishlari mumkin. Ya`ni korxonaning 9 oylik daromad miqdori 15 mln rubldan yuqori bo`lmasligi, korxonada ishlovchilar soni 100 kishidan ko`p bo`lmasligi hamda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati 100 mln rubldan yuqori bo`lmasligi lozim. Ushbu tizim soliq to`lovchilari bir qancha soliqlar va yig`imlar o`rniga yagona soliq to`laydilar. Jami daromad yoki xarajatlarga kamaytiriluvchi daromad yagona soliqning ob`ekti hisoblanadi. Yagona solqning stavkasi jami daromaddan 6% va xarajatlarga kamayuvchi daromaddan 15 % miqdorida belgilangan. Ushbu tartibni korxonalar yoki tadbikorlar ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga egalar. Daromaddan chegiriluvchi xarajatlar soliq kodeksida belgilab qo`yilgan.
Shuningdek, Rossiyada kichik va xususiy biznes uchun quyidagi imtiyozlar joriy etilgan. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash, oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, xalq iste`mol mollari, qurilish materiallari, tibbiyot texnikasi, dori-darmon ishlab chiqarish, uy-joy, ijtimoiy hamda ishlab chiqarish ob`ektlri qurish bilan shug`ullanuvchi kichik va xususiy korxonalar birinchi 2 yil davomida soliq to`lamaydilar.
AQSHda federal darajadagi eng yuqori korporatsiya solig`i bilan bir qatorda (hozirgi kunda bu soliq 35 foizni tashkil qiladi) kichik va xususiy korxonalar uchun 15 va 25 foizlik stavkalardan foydalaniladi. AQSH va Rossiya Fedratsiyasida byudjet daromadlari tarkibida kichik va xususiy biznes korxonalari to`laydigan soliq korxonalar foydasidan undiriladigan soliq tarkibida hisobga olinadi.
Xitoyda kichik va o`rta biznesni bunday jadal rivojlanib, mamlakat iqtisodiyotida muhim o`rin tutishi, uning davlat tomonidan qo`llabquvvatlanishidan iborat oqilona siyosat natijasidir. Bu iqtisodiy siyosat quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda namoyon bo`ladi:

  • Texnologiya sohasidagi yangiliklarning ishlab chiqarishag joriy ejetilishi va mehnat samaradorligining oshrilishi;

  • Kichik va o`rta korxonalrni texnologiyalar bilan yangilashga qaratilgan maxsus fondning yaratilishi;

  • Moliya imtiyozlari berilish va soliq yukining kamaytirilishi.

Kichik biznes sub`ektlarini soliqqa tortishda xorijiy mamlakatlar tajribasi ko`rsatishicha, kichik biznes sub`ektlarini aniqlash mezonlariga faoliyat turiga qarab ishchilar soni, yillik daromadi, kapital qo`yilmalari miqdori ham qo`shilgan. Yuqorida ko`rib o`tilgan mamlakatlar amaliy tajribalardan ko`rinib turibdiki, kichik biznes sub`ektlari uchun foyda solig`i bo`yicha pasaytirilgan soliq stavkalari joriy etilishi kichik biznes sub`ektlarining moliyaviy barqarorlik darajsini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi va o`z navbatida, kichik biznesning mamlakatda yanada jadallik bilan rivojlaniishga zamin yaratadi. Bu esa moliyasoliq siyosatining samarali olib borilayotganligidan dalolat beradi.
2015 yilda yuqori iqtisodiy o`sish sur`ati ta`minlanganligining quyiagi asosiy omillari e`tirof etildi: Birinchidan, xususiy sektorning keng rivojlanishiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash borasida tizimili ishlarning amalga oshirilishi natijasida:

  • YaIMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 56,7 foizdan oshdi. 2000 yilga nisbatan uning ulushi 1,8 barobar oshdi. Ushbu sohada band aholining 77 foizdan ortig`i ishlamoqda.

  • Agar 2000 yilda sanoatda kichik biznesning ulushi 14 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 2015 yilda 38 foizdan oshib ketdi.

Ikkinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik ta`minlanganligi natijasida:

  • Inflyatsiya darajasi – 5,6%, davlat byudjeti profitsiti YAIMga nisbatan 0,1% miqdorida ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasida 450 mln. Dollar ijobiy sal do ta`minlandi. Davlatning tashqi qarzi YAIMga nisbatan 18,5 foizdan oshmadi (xalqaro moliya tashkilotlarning normasi bo`yicha 60 foizdan oshmasligi kerak).

  • Tijorat banklarining jami kapitali 23,3 foizga va ularning aktivlari 25,1 foizga o`sdi.

Uchinchidan, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, texnologik yangilash natijasida:

  • sanoat ishlab chiqarish 8 foizga, jumladan iste`mol tovarlari 9,7 foizga o`sdi. Ayniqsa, YaIMda sanoatning ulushi oshdi.

  • Yirik korxonalarda 162,4 mln. Dollarlik salkam 4 mingta ma`naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalarni almashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini o`rtacha 10,5 foizga pasaytirish, shuningdek, mahalliylashtirilgan mahsulotlarning 820 tadan ortiq turlarini o`zlashtirish natijasida tarmoqlar raqobatdoshligini oshirish imkonini berdi.

To`rtinchidan, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish natijasida:

  • unda xomashyo va yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlash asosida raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy va yuqori texnlogiyali ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga alohida e`tibor qaratildi.

  • 2015 yilda jami 15,8 milliard dollar ekvivalentida investitsiyalar o`zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko`pdir. Jami investitsiyalarning 21 foizi xorijiy investitsiyalar bo`lib, shuning 73 foizi to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalaridir.

  • Investitsyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo`naltirildi. 2015 yilda umumiy qiymati 7,4 milliard dollar ekvivalenti bo`lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob`ekti foydalanishga topshirildi

Yuqoridagi yutuqlarni davom ettirish maqsadida hukumatimiz tomonidan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo`nalishlari belgilab olindi:

  • YaIM – 7,8%

  • Sanoat – 8,2%

  • Qishloq xo`jaligi – 6,1%

  • Kapital qo`yilmalar – 9,6%

  • Chakana savdo aylanmasi – 14%

  • Xizmatlar ko`rsatish – 17,4%

  • Inflyatsiya – 5,5-6,5% doirasida saqlash

  • Umumiy qiymati 5 milliardan ziyod bo`lgan 164 ta yirik investitsiya loyihalari yakunlanadi.

Jami iqtisodiyotga 17,3 milliard doll. Investitsiyalar yo`naltiriladi. O`sish sur`ati 109,3% bo`ladi. Uning 4 milliarddan ortig`i xorijiy investitsiyalar tashkil etib, o`tgan yilga nisbatan 20,8% ko`pdir.
Mamlakatda iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda soliq stavkalari pasaytirish orqali soliq yukini kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz Rahbari tomonidan belgilab berilgan ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik sub`ektlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish vazifalaridan, shuningdek 2016 yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlaridan kelib chiqib, soliq yukini yanada pasaytirishga, soliq tizimini soddalashtirishga va soliq ma`murchiligini takomillashtirishga qaratilgan 4 ta muhim hujjat qabul qilindi.
2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlarida aholining hayot darajasi va sifatini yanada oshirish bilan bog`liq quyidagi masalalar ko`zda tutilgan:

  • Aholi real daromadlari – 9,5% ga oshirish;

  • O`rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya, va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda – 15% ga oshirish.

Shu munosabat bilan 2016 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslarning daromad solig`i stavkasini 2 pog`onasi, ya`ni 8,5% o`rniga 7,5% qilib belgilandi. Buning natijasida esa mamlakatmimiz bo`yicha 235,4 mlrd so`m mablag` soliq to`lovchilar ixtiyorida qolishi kutilmoqda.Bunda, soliq solish shkalasi 2016 yil 1 yanvarga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (130 240 so`m) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdorining yil davomida o`zgarishiga qaramasdan qayta ko`rib chiqilmaydi.
Davlat byudjeti barqarorligini ta`minlash maqsadida:

  • Jismoniy shaxslarning mol–mulk solig`i, yer solig`i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o`rtacha 15 foizga indeksatsiya qilindi.

  • Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkasi 5 foiz qilib belgilandi.

Jismoniy shaxslar mol-mulkini inventarizatsiya qiymati mavjud bo`lmasa, soliq undirish uchun:

  • Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20 328,0 ming so`m,

  • boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 8 833,0 ming so`m miqdorida molmulkning shartli qiymati qabul qilinadi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning inventarizatsiya qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib belgilanadi, biroq 3 mln. so`mdan kam bo`lmasligi kerak. Qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 oktyabrdagi 439-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ki i ta i li ( izne ) u `e tla iga tegi li o`lgan korxonalar a ta il tla la ifi at iya i”ga o`zgartirish kiritilib, avtomobil transporti sohasida faoliyat yurituvchi kichik korxonalar uchun xodimlarining chegaraviy soni 25 tadan 50 tagacha oshirilganda ham kichik korxona sifatidagi imtiyozi berildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 e a agi “2016- 2020 yillarda qishloq xo`jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish choratadbirlari to`g` i i a”gi PQ-2460-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi P ezi entining 2009 yil 26 yan a agi «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to`ldirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g` i i a»gi PQ–1047-sonli qarorida belgilangan asosiy faoliyat turi bo`yicha go`sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashayotgan mikrofirma hamda kichik korxonalarning yagona soliq to`lovi stavkasini 50 foizga kamaytirish, bo`shaydigan mablag`larni maqsadli tarzda yo`naltirish sharti bilan berilgan imtiyoz 2021 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Bundan tashqari, 2021 yilning 1 yanvariga qadar nasldor chorvachilik sub`ektlari asosiy faoliyat turi bo`yicha barcha soliqlar va maqsadli davlat jamg`armalariga majburiy ajratmalarni to`lashdan ozod etildi.
Amal qilish muddati 2018 yil 1 yanvargacha uzaytirilgan imtiyozlar :

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g` i i a”gi PQ-1050- sonli qarorining 3-bandida belgilangan nooziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun foyda solig`i, mol-mulk solig`i va mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi hamda Respublikayo`l jamg`armasiga majburiy ajratmalar to`lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar;

  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 noyabrdagi PQ733-sonli qarorining 3-bandida belgilangan to`qimachilik sanoati korxonalari uchun mol-mulk solig`i to`lashdan ozod etish bo`yicha imtiyozlar

  3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 25 martdagi 141-sonli qarorining 5- an iga a an “O`z e engil an at” a lat-aktsiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kontrakt tuzish paytida vujudga kelgan jahon narxlaridan past bo`lmagan narxlar bo`yicha erkin muomaladagi valyutaga (qo`shilgan qiymat solig`ini nol stavka bo`yicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor to`qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) xarid qilishiga istisno tariqasida ruxsat berish tarzidagi imtiyozlar.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi 2016 yilgi iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo`nalishlari belgilab olindi:
Ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 59,1 foizi ajratiladi.

  • Jumladan, ta`lim-tarbiya sohasiga davlat byudjetlarining 33,7 foizi, sog`liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo`naltiriladi.

  • Ta`lim-tarbiya sohasini ta`minlash va rivojlantirish sarf-xarajatlari o`tgan yilga nisbatan 16,3 foizga, sog`liqni saqlash tizimida 16 foizga ko`payadi.

Joriy yilda 13 ta oliy ta`lim muassasalaridagi qurilish va rekonstruktsiya ishlariga 355 milliard so`m ajratiladi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin