Iqtisodiy o’sishning xarrod-domar modeli


-2023 yillarda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə10/12
tarix11.07.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#136354
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
38 IQTISODIY O`SISH IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA jahongir

2018-2023 yillarda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, % da

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

Yalpi ichki mahsulotning o’sishi

9,0

8,1

8,5

8,3

8,2

8,0

Sanoat mahsulotning o’sishi

12,7

9,0

8,3

6,3

7,7

8,8

Xizmat ko’rsatish hajmi

21,3

12,9

13,4

16,1

15,0

13,5

Chakana savdo aylanmasi

7,2

16,6

14,7

16,4

13,9

14,8

Davlat byudjetining bajarilishi

+1,5

+0,2

+0,3

+0,4

+0,4

+0,3

Inflyatsiya darajasi

7,8

7,4

7,3

7,6

7,0

6,8

Iqtisodiyot bo’yicha o’rtacha ish haqining oshishi

40,0

40

32

26,5

26,5

20,8

Aholi jon boshiga real daromadlarning o’sishi

23,0

26,5

23,5

23,1

17,5

16,0

Davlat daromadlarning qayta taqsimlanishini asosan ikki xil tayanch vositalar yordamida amalga oshiradi:

  1. Soliq tizimi;

  2. Transfert dasturlari.

Davlat transfert dasturlaridan tashqari yana bir qator nodav lat va jamoat dasturlari ham mavjud. Davlat va nodavlat tashkilotlari transfert dasturlarining barcha turlari yagona maqsadga, ya’ni, aholi daromadlarini tenglanggirishga yo’naltirilgan.
Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko’p hollarda Lorents egri chizig’i grafigidan foydalaniladi.




Daromad foizi






chizma. Lorents egri chizig’i


Grafikning gorizontal o’qida aholi hissasi (foizi ), vertikal o’qida daromad hissasi (foizi) ko’rsatilgan. Agar jamiyatda daromad mutlaq baravar taqsimlangan deb faraz qilsak, ya’ni 20 foiz aholi jami daromadning 20 foiziga, 40 foiz aholi 40 foiziga ega bo’lsa, unda mutlaq tsnglikning bu vaziyatini ifodalovchi chiziq bissektrisa ko’rinishiga ega bo’lar edi. Ammo, hayotda aholi o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi bir xil emas. Masalan, agar aholining 20 foizi A nuqta bilan belgilangan daromadlarning ozgina qismini olsa, aholining 40 foizi B nuqta bilan belgilangan qismini oladi va hokazo. Bunday holatda daromadning haqiqatda taqsimlanishini bildiruvchi chiziq Lorents egri chizig’i deb ataladi. Bissektrisa va Lorents egri chizig’i o’rtasidagi uzilish yoki maydon qancha katta bo’lsa, daromad taksimlanishining tengsizlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Bu uzilish kattaligi tengsizlik darajasini ifodalaydi. O’zbekistonda eng past va eng yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o’rtasidagi tafovut darajasi so’nggi yillarda 8 barobarga to’g’ri kelmoqda. Ko’pgina, shu jumladan, qo’shni davlatlarda bu raqam mamlakatimizdagi ko’rsatkichdan bir necha barobar yuqori ekani, ya’ni o’ta kambag’al va nochor aholi guruhlari va o’ta boylar guruhi orasidagi tafovut oshib borayotganini ta’kidlash lozim.
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda amalga oshirayotgan ijtimoiy siyosatimizning aholimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdagi ta’siri va natijalari haqida alohida to’xtalib o’tishni zarur. 2023-yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshdi, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga ko’paydi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda pensiyalarning o’rtacha miqdori o’rtacha ish haqiga nisbatan 37,5 foizni tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich Rossiyada 25,7 foizdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 foizdan iboratdir. Joriy 2014-yilda mamlakatimizda bu ko’rsatkichni 41 foizga etkazish ko’zda tutilmoqda. Oilalar daromadlari tarkibi o’zgarmoqda – tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi daromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda. Holbuki, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan oshmaydi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin