Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`lim XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan. Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat.
Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir. Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda. Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi.
Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi.
Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud.
Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o’qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan: 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida. Boshlang’ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o’z ichiga oladi. To’liq bo’lmagan o’rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat.
Yuqori maktab. Bu bosqich 9—11-sinflar bo’ladi. Mazkur Yuqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak. Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo’lmaydi. O’quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo’llanmalar yo’q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan.
Har bir maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo’lib, davlat mablag’i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina.
Katta shaharlarda yashovchi o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik o’qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o’qitish uchun bir yilga taxminan o’n ming dollar to’lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar.
SHaxsiy maktablarning har biri o’zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o’qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o’qiydigan o’quvchilar soni kam bo’ldai. SHaxsiy maktablarda boshlang’ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi. Amerika oliy o’quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo’ladi: SAT (Sxolastik aptityud test); AKT (Amerikan kollej test) sinovlari. SAT sinovlari murakkabroq bo’ladi.
Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo’ladi. Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi.
Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o’quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo’llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o’quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O’zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro’yxati har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo’lajak olimlarga qaratishdir.