Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va mеzoni


 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104066
1   2   3   4   5   6   7
BrY10Jw4QYb20mEdJfnTpPoa1xXa6MRLw4BAbNp5

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

HARAKATLAR STRATEGIYASI

I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari



1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy
partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning
mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal
etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini
amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga
ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi
faoliyati sifatini tubdan oshirish;

siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat
muhitini shakllantirish.



1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy
tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni
tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat
boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;

mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni
amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan
davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy
va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid
axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning
samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari
tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin