356
L. V. Kantorovich
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, odatda o`zgaruvchilar
yoki ularning
logarifmlari orasidagi bog`lanish chiziqli bo`ladi, ya'ni ularning grafigi
to`g`ri chiziq bo`ladi. Shunday tenglamalar yo`li bilan talab (narxlar,
mahsulot hajmi, daromad, soliq va boshqalar), taklif,
chiqimlar, import-
eksport va boshqa funksiyalarni ifodalash mumkin.
Ishlab chiqarish
funksiyalari ham shu tipdagi tenglamalar guruhiga kiradi. Birinchi, eng
oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va P.Duglas (AQSH, 1928)
tomonidan tuzildi, keyin R.Solou, K.Arrou (AQSH)lar
tomonidan
umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish ko`lami, texnika taraqqiyoti va
boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday
regressiv modellar alohida
mahsulotlar uchun, korxona va firma, tarmoq va umumxalq xo`jaligi uchun
ham tuzilishi mumkin.
30-yillarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn
(AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko`p faktorli modellarni
tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishlab
chiqarish,
shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo oboroti,
kapitalning ishlatilishi va jamg`arilishi, ishchi
kuchi taklifi va boshqa
o`zgaruvchilar o`rtasidagi statistik aloqadorlik o`z aksini topgan.
Xalq xo`jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida
tarmoqlararo balans tipidagi modellardan foydalaniladi.
Dastlab bunday model 1925-26
yillarda sobiq SSSRda
P.I.Popov (1872-1950) rahbarligida ishlab chiqildi.
Keyinchalik bu uslub V.Leontyev (asli rossiyalik,
AQSH) tomonidan rivojlantirildi
va moliya oqimlari
tarkibini o`rganish uchun R.Frish tomonidan tadbiq
qilindi.
Marksning qayta
ishlab chiqarish sxemasi
modeli sovet iqtisodchisi G.A.Feldman (1928)
tomonidan
tayyorlandi.
Kapitalistik
sikllarning
iqtisodiy dinamika modellari Tinbergen, Frish,
M.Kaletskiy , J.Xiks, R.Xarrot, P.Samuelson va
boshqalar tomonidan ishlab chiqildi.
Ekonometrika
uslublari
ko`pincha
ekstrapolatsiya tendensiyalariga asoslangan.
Sovet
olimi
L.V.Kantorovich
chiziqli
programmalash
(1939)
uslubining
asoschisi
hisoblanadi. U V.V.Novojilov, A.L.Lurye (SSSR),
Dostları ilə paylaş: