I bob. Prognozlash usullari klassifikatsiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/8
tarix11.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#111419
  1   2   3   4   5   6   7   8
16Prognozlashtirish ekstra usuli


MUNDARIJA

KIRISH
I BOB. PROGNOZLASH USULLARI KLASSIFIKATSIYASI.

    1. Iqtisodiy prognoz modellarining turlari.

    2. Prognozlashning ekspert usuli.

II BOB. MAROIQTISODIY DARAJADA PRAGNOZLI TAXLILLAR.

2.1. Regressiya va korrelyatsiya taxlillari usuli.

2.2. Matematik modellashtirish usullari.


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Kirish
Iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. ‘Model’ so‘zi lotincha ‘modulus’ so‘zidan kelib chiqib, o ‘lcham, namuna anglatadi. ‘Model’ fanda tadqiqot obyektining qandaydir shartli shakli, prognozlashda esa iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni bildiradi.Model iqtisodiy prognozlashning, tadqiqot qilinayotgan jarayonlarni ilmiy jihatdan bilish dastaklardan biri hisoblanadi. Modellashtirish jarayonining mazmuniga obyekt yoki jarayonni dastlab o ‘rganib olish, uning muhim tavsilotlarini yoki belgilarini aniqlash asosida modellami tuzish, modellami nazariy va sinovli tahlil qilish, modellashtirish natijalami obyekt yoki jarayon to‘g ‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslash, modelni to‘g ‘rilash va aniqlashtirish kabilar kiradi.Prognozlashning alohida modellari va modellar tizimiga qo‘yiladigan talablari modellar ishlab chiqilishi mumkin va lozim bo`lgan usullarni tanlash va ular bo‘yicha hisob-kitoblami amalga oshirish usul va vositalar natijasida vujudga keladi. Ushbu talablar asosan quyidagi holatlarni nazarda tutadi:
- uslubiyat mazkur prognoz uchun muayyan tuzilmaga ega bo`lgan kirish ma’lumotining tavsifi va ko‘rsatkichlari to‘g’o’risida yetarli darajada keng taxminlarda alohida prognozlarni tuzishga imkon beradigan qoida (algoritm)larning ketma-ketligini aniq izohlab berishi lozim;
- uslubiyat odatda prognoz variantlar bo‘yicha o ‘zgaradigan, bir xil bo`lmagan va katta hajmdagi ma’lumotlardan kelib chiqib, o ‘z vaqtida va ko‘p marotaba hisob-kitoblarni olib borishga imkon beradigan usul va texnik vositalarini qo`lashi lozim;
- o’xshash usubiyatlarda prognoz qilinayotgan jarayon va ko‘rsatkichlarning murakkab, ko‘p omilli aloqalar hisobga olinishi lozim. Ushbu sharoitlarda muhim va turg‘un qonuniyat va tendensiyalarning aniqlanishi ta’minlanishi lozim. Ushbu aniqlash jarayoni boshlang‘ich materiallarda ham, uslubiyat ma’lumotlari bo‘yicha olinadigan natijalami va u bilan bog‘liq bo`lgan modellar majmuasi bo‘yicha ulaming hisob-kitoblarini tahlil qilish jarayonida ham zarur hisoblanadi;- tizimdagi alohida prognozlarning muvofiqligi ta’minlanishi lozim. Prognozlar tizimi ziddiyatsiz bo‘lishi lozim. Matematik usullardan foydalanish ilmiy-texnik taraqqiyoti prognozining asoslanganligi, amaliyotliligi va o ‘z vaqtliligiga nisbatan yuqori talablarga javob beradigan prognozlash usullarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar hisoblanadi. Iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining qonuniyatlarini o ‘rganish vositasi iqtisodiy-matematik modeli hisoblanadi. Iqtisodiymatematik modeli o ‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy tizimni hosil qiluvchi elementlarining asosiy o ‘zaro aloqasini izohlab beruvchi rasmiylashgan nisbatlar tizimini ifodalaydi. Ekonometrik turdagi iqtisodiy-matematik modellar tizimi iqtisodiy va ijtimoiy sohaning nisbatan murakkab jarayonlarini izohlash uchun xizmat qiladi. Ekonometrik modellashtirish retrospektivga oid statistik axborotlami qayta ishlash, alohida o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlarning miqdorlarini va ulaming o`lchamlarini baholashga asoslangan. Iqtisodiy- matematik modeli, masalan, quyidagicha ifodalanilishi mumkin. Bu model misol tariqasida u yoki bu buyumni tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallarga bo‘lgan prognoz talablarini aniqlashda qo`llanilishi mumkin. Bu holatda X – buyumlar soni, a - bitta buyum uchun material sarflanish me’yori, Z -materiallarga bo`lgan umumiy ehtiyoji.Iqtisodiy- matematik modeli, agar bir nechta tur buyumlarni tayyorlash uchun materiallarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash kerak bo‘lsa, murakkab ko‘rinishga ega bo`ladi Ushbu model materiallarga bo`lgan ehtiyojning ikki guruh omillarga bog`liq ekanligini ko‘rsatib turibdi: tayyorlanayotgan buyumlar soni va buyum uchun materiallar sarflanish me’yori. Bunday model deskriptiv(lotincha ≪desckribo≫)deb ataladi. Iqtisodiy va ijtiomiy parognozlash modellarining ayrim turlari optimallashtirish mezoni yoki eng yaxshi kutilayotgan natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, iqtisodiy-matematik modellar (unda xarajatlar minimallashtiriladi) va masalan, imkon qadar ko‘p mahsulot olishga qaratilgan modellar ajratiladi.
Vaqt omilini hisobga olgan holda modellar statistik (ya’ni modelda rejali davr mobaynida muayyan bir vaqt kesimi uchun chegaralar qo‘yilgan va bu sharoitlarda xarajatlar minimalashtiriladigan yoki yakuniy natija maksimallashtiradigan holatlar mavjud) yoki dinamik (bu holatda chegaralar butun rejali davr uchun samarani xuddi shunday minimallashtirish yoki maksimallashtirish sharoitida bir nechta vaqt kesimi uchun o ‘rnatilgan).


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin