B.Olin
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
367
vaqtning o`zida iqtisodiy o`sishning neoklassik nazariyasi ham hisobga
olinadi. Bularning hammasi unlab o`zgaruvchi parametrlarni o`z ichiga
oluvchi iqtisodiy matematik modellar asosida hal qilinadi. Masalan, ameri-
kalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana shunday modelda 20
dan ortiq o`zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; unda matematik appa-
rat ustun bo`lib, u nazariy asosning bo`shligini kompensatsiyalaydi.
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeyn-
schilarga asoslanadilar va uni jamg`armalar va investitsiyalar orasidagi
farq sifatida e'lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez
o`suvchi kapital miqdori o`rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan ke-
lib chiqadi, deb tushuntiriladi.
Kapital o`sishi to`lov balansi saldosi musbat bo`lganda investitsion
daromadlar investitsion to`lovlardan ortiq hollarda ro`y beradi. Daromadi
to`lovlardan yuqori bo`lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan,
aksincha, to`lovlari daromaddan ustun bo`lganlar esa kapitalni sof import
qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital miqdori mavjud mehnat
resurslaridan ancha kam bo`ladi. Bunda chet el investitsiyalari bilan sof
kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli o`rtasidagi o`zaro bog`lanish
ta'kidlanadi.
Bevosita investitsiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab
chiqilgan bo`lib, kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini
aniqlash masalalari asos qilib olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish
asosan yirik korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mam-
lakat kompaniyalarining chet eldagi iqtisodiy pozitsiyalari bilan raqobatga
duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab chiqar-
ishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan bog`liq.
E.X.Chemberlin monopolistik konkurensiya nazariyasini ishlab chiqdi,
unga ko`ra monopolistik konkurensiya ishlab chiqarish va kapital konsen-
tratsiyasi tufayli emas, balki firmaning bozorga, iste'molchilarning shaxsiy
talablariga muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir.
Bevosita investitsiyalarni amalga oshiruvchi korporatsiyalar xuddi
ana shunday monopolistik ustunliklarga ega bo`lishlari kerak. S. Xaymer -
Ch. Kindlebergerlarning "oligopolik strukturalar" (monopolistik ustunlik-
lar) modelida bu jarayon korporatsiya investorda "differensiyalashgan
mahsulot", maxsus bozor bilimlari, kerakli texnologiya, yuqori malakali
menejment mavjudligi tufayli ro`y berar ekan.
Keyingi davrda xalqaro monopoliyalarning yangi tipi - transmilliy
va transkorporativ konsernlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar faoli-
yatini aks ettiruvchi bir qancha ta'limotlar mavjud. Ularda xalqaro mo-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
368
nopoliyalar bir qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil korporat-
siya sifatida izohlanadi va butun dunyoda ilmiy-texnika taraqqiyoti me-
valarini targ`ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. Bu monopoliyalar misolida
iqtisodiy aloqalar har qanday siyosat va mafkuradan xoli degan fikr ilgari
suriladi, ya'ni u yoki bu korporatsiya ko`p mamlakatlarda ishlab chiqarish
va kommersiya operatsiyalarini olib borayotgan bo`lsa, "sof xalqaro"
korxonaga aylanadi va hech bir mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi.
G.Jonson, Ch.Kindleberger va boshqalar xalqaro monopoliyalarning ilmiy-
texnika yangiliklarini targ`ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga
keng o`rin berishgan. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu transmil-
liy korxonalarning roli yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika sohasida,
investitsiyalar qo`yish bo`yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi.
Xalqaro monopoliyalar rivojiga tanqidiy bo`lgan nazariyalar ham
mavjud (R.Barnet -AQSH, E.Penrouz - Angliya), bu nazariyalarda halqaro
konsernlar davlat iqtisodiy siyosatining ayrim unsurlari, masalan, soliq sol-
ish, kredit va investitsion siyosat, valutani tartibga solish va boshqalarning
samarasiz bo`lib qolishiga olib keladi. Bu korporatsiyalar o`zlari ish yuri-
tayotgan davlatlarda bu mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga salbiy tazyiq
o`tkazish uchun bir qancha usullardan foydalanishlari mumkin. Ayniqsa bu
holat iqtisodiy jihatdan qoloq rivojlanayotgan mamlakatlarda salbiy oqibat-
larga sabab bo`lishi mumkinligi aytiladi. Shu sababli ular xalqaro korporat-
siyalar faoliyatini shunday qayta ishlab chiqishni taklif etadilarki, ularning
harakatidagi "salbiy tomonlar"ning yo`qotilishi va jahon bozorini bo`lib ol-
ish "qoidalari"ni reglamentatsiyalash kerak.
Integratsion jarayon bo`yicha yagona alohida ta'limot yo`q, ammo
integratsiyani
isbotlash,
qo`llab-quvvatlash
borasida
bir
qancha
yo`nalishlarning ba'zi bir umumiy tomonlari mavjud, ular quyidagilardir:
kapitalistik iqtisodiy integratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni soxta-
lashtiriladi; bu jarayon umumiy qonuniyat sifatida qaraladi va XVIII-XIX
asrlarda vujudga kela boshlagan ichki bozor bilan bir narsa deb qaraladi,
Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanayotgan va boshqa
davlatlar bilan olib boriladigan aloqa sifatida beriladi; monopolistik kapi-
talning kapitalistik integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi roli
bo`yab ko`rsatiladi.
Odatda iqtisodiy integratsiya to`g`risidagi nazariyalarda integratsi-
yaga a'zo mamlakatlar o`rtasidagi barcha to`siqlar va ayniqsa savdo,
boshqa iqtisodiy munosabatlarda to`la erkinlik berilishi zarurligi qayd eti-
ladi. Shu bilan birga bozorning ko`lami va iqtisodiyotning o`sish sur'atlari
o`rtasida funksional (ya'ni bevosita) bog`lanish bor degan g`oya ham ilgari
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
369
suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya zarurati tashqi bozorning
qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta'siri tufayli yuzaga keladi (ya'ni ak-
sincha emas).
Iqtisodiy integratsiya bo`yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor "bojxona
ittifoqi"ga berilib, unda o`zaro savdo bo`yicha har qanday cheklashlar be-
kor qilinishi va "uchinchi mamlakatlar" uchun yagona bojxona tarifi joriy
qilinishi kerak bo`ladi. Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash (AQSH),
V.Rebke (Shveytsariya) va boshqalar bu jarayonni ideal erkin bozor mu-
nosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va avvalgi davr voqealarini
hozirgi monopolistik davrga ko`chiradilar. Boshqalari esa, masalan
Ch.P.Kindleberger (AQSH), P.Striten (Angliya), A.Marshall va F.Perru
(Fransiya)lar yirik korporatsiyalar mavjudligini tan oladilar, ularning fik-
richa, jahon bozorini o`zaro bo`lib olib, "bojxona ittifoqi" kartellarga qar-
shi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomonlarni neytralizatsiya
qiladi, go`yoki xalqaro integratsiya antimonopol yo`nalishga ega. Amali-
yotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek emas, masalan Yevropa
iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Yevropa ittifoqi)da kartel-
lashtirishni taqiqlash to`g`risida qonun bo`lishiga qaramasdan, bu jarayon
aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko`ptarmoqli kompaniya-konsernlar vu-
judga kelmoqda.
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-
siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo`ladi: ishlab chiqarishning do-
imo o`sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo`lmasligi ta'minlanadi; iqtisodi-
yotning doimo o`sishi tufayli aholining turmush darajasi ko`tariladi; ishchi
va kapitalistlar o`rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakat-
lar o`rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak,
iqtisodiy integratsiya kapitalistik jamiyatga xos bo`lgan illatlarni kamayti-
rish vositasi sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: |