365
ishni tashkil etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab
chiqarish soddalashib, ommaviy tus oladi. So`nggi (eskirish) fazasi mazqur
mahsulot o`rnini qoplovchi yangi takomillashgan
mahsulotning paydo
bo`lishi bilan bevosita bog`liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab
ham keskin kamayadi. Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy
mamlakat sifatida AQSH misol qilib keltiriladi. Xalqaro mehnat taqsi-
motining rivoji esa boshqa mamlakatlarning
Amerika iqtisodiyotiga
texnologik qaramligi asosida shakllanishi tasavvur
etiladi.
Ilmiy - texnik progressi bilan bog`liq iqtisodiy
qarashlar ingliz iqtisodchisi Jon Xiks (1904-1989)
tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo`yicha
texnika progressi neytral, mehnatni iqtisod
qiluvchi va
kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga bo`linadi. Texnika
progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste'mol xalqaro
savdoga neytral, ijobiy va salbiy ta'sir ko`rsatishi
mumkin.
21.2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish
Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar,
shvedlar fransuzlar pishlog`ini iste'mol qiladilar, kanadaliklar koreys kom-
pyuterlarini sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar,
ruslar amerikaliklar donidan non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki
savdoga nisbatan ikkita o`ziga xoslik mavjud.
Birinchidan, xalqaro
savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste'molchilar turli mamlakatlarda ya-
shaydilar. Birinchi paydo bo`ladigan savol shundan iboratki, nega o`zi
xalqaro savdo mavjud?
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo`li bilan
ishlab chiqariladi. Ko`pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish
uchun
tariflar, ya'ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi.
Ikkinchi muhim o`ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri
boshqa-boshqa valuta (pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika xaridor-
lari yapon avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab
chiqarayotgan yapon ishchilari o`z maoshlarini iyenlarda olishni istaydilar.
Demak, bu yerda xalqaro hisob-kitob masalasi ko`tariladi.
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo`jaligining
tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir.
Bunda kapital
J.Xiks
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
366
chiqarish masalalari ham yetakchi o`rinni egallaydi. Shu sababli ularga
bag`ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud.
Tarixan birinchi bo`lib neoklassik ta'limotlar
vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (Shvetesiya),
K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH)
asarlarida o`z aksini topgan. Ular o`z ta'limotlarida
marjinalizm
konsepsiyasiga
asoslangan
holda,
kapitalning harakatchanligi, "kapitalning eng yuqori
unumi" (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi)
u yoki bu
mamlakat kapitalining mo`l-ko`lligining turlicha
ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning "mo`l-
ko`lligi" yoki "kamligi" uning migratsiya sababi qilib
ko`rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo`lguncha davom etadi.
Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o`sishi, milliy daro-
madning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekis-
lanishiga olib keladi.
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda
shakllandi, F.Maxlup, Ye.Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari
hisoblanadilar.
Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda
savdo, to`lov balansining o`zgarishi tufayli, ya'ni aktiv savdo balansi
bo`lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg`armalarning investitsiya-
lardan ko`pligi), passiv balansli mamlakatlarda esa aksincha,
kapital yet-
ishmasligi sababli kapital harakati ro`y beradi. "Jamg`armalar"ning or-
tiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan
eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi kurash yoki uning oldini olish
uchun "jamg`armalar" hisobiga qo`shimcha tovar eksportini moliyalash za-
rur deb topiladi. Ammo, bunda import oshmasligi, ya'ni kapital chiqarish
yo`li bilan hal etilishi kerak.
Bu yo`nalish vakillari kapitalistik tuzumda
kapitalni realizatsiya
qilishdagi qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital
chiqariladi, bu esa ortiqcha tovarni ko`paytirish hisobiga ro`y beradi. Bu
nazariya rivojlanayotgan mamlakatlarga "yordam" konsepsiyasini isbotlash
uchun ham asos bo`ladi.
60-70-yillarda kapital chiqarishning "dinamik modeli" ommalashdi,
unda R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar
o`rtasidagi o`zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga urin-
ish bor. U kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot o`sishi, in-
vestitsion daromad va to`lovlar bilan bog`lashga intiladi. Unda neokeyn-
schilikning xalqaro kapital harakati konsepsiyasiga asoslanadilar. Shu
Dostları ilə paylaş: