Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Pul nazariyasi 
Ishchi kapitalning ilojsiz qo`shimchasiga aylanib boradi, ish-lab 
chiqarish vositalaridan, mehnat obyekti va sharoitidan mahrum bo`la 
boradi. Insonning almashuvga moyilligi uning psixologiyasi va xulq-
atvoriga xos bo`lib, mehnat taqsimotining rivojiga ham ta'sir etadi. Bundan 
keyin, mehnat taqsimotining o`sishi va almashuvning kengayishi parallel 
boradi va ular bir-birining rivojlanishiga turtki bo`ladi. Bu jarayonda 
pulning muhim roli bor. Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda, 
uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko`rsatib beradi. Pulning 
paydo bo`lishini ayrim iste’dodli odamlarning kashfiyoti yoki odamlarning 
o`zaro hamkorligiga bog`lash mumkin emas. Smit pulning muomala 
vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, 
G’arb olimlarida esa asosan uchta) alohida ta'kidlaydi. Oqibatda Smitning 
fikricha, pul texnik qurol bo`lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni 
"muomalaning buyuk g`ildiragi" deb baholaydi. A.Smit oltin va kumush 
pullarni qog`oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar 
cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan, ammo bunga uncha 
katta e'tibor bermagan. A.Smitning qarashlarida ancha chalkashliklar 
bo`lsa ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarish asosidan chiqardi, 
ularning ishlab chiqarishga nisbatan tobeligini ko`rsatib berdi. A.Smit pul-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


162 
kredit omillarining mustaqilligini yetarli baholay olmadi, ularning ishlab 
chiqarishga teskari ta'sirini tushunmadi.
Qiymat nazariyasi A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini 
V.Pettiga nisbatan ancha chuqur va to`laroq ishlab chiqdi (shuni ta'kidlab 
o`tish kerakki, keyingi G’arb tadqiqotlarida qiymat o`rniga qimmat 
tushunchasi ko`proq qo`llanilmoqda, marjinalizm nazariyasida ham 
shunday). U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, 
haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. "qiymat" so`zi 
uningcha ikki xil mazmunga ega. Bu so`z bilan buyumning foydaliligi 
(balki qimmati) hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati 
belgilanadi. Demak, u iste'mol va almashuv qiymatlarini farqlagan. 
Masalan, suv va olmosni olib, bu tovarlarning almashuv qiymatini ularning 
foydaliligi yoki iste'mol qiymati bilan tushuntirish bema'ni ekanligini 
ko`rsatib beradi. qiymatning yagona manbayi va oxirgi o`lchovi shu 
tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bo`lib, bu mehnat sarflari 
jami uchun zarur o`rtacha sarfga tengdir. Smit malakali va murakkab 
mehnatdan 
oddiyga 
o`tishga 
ma'lum 
koeffitsiyentlar 
yordamida 
bajarilishini uqtiradi. 
Almashuv qiymati tovarning tabiiy xususiyati emas, tovarlarning 
tabiiy xususiyati, ularning iste'mol qiymatlari hisoblanadi. Agar tabiiy 
xususiyatlarni inkor etsak, tovarlarda yagona xususiyat qoladi: tovarlar 
inson mehnatining mahsulidir. A.Smit V.Pettidan farqli ravishda (u mehnat 
faqat oltin yoki kumush ishlab chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) 
mehnat barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, 
degan fikrda edi. U ish vaqti va qiymat miqdori orasidagi to`g`ridan-to`g`ri 
aloqadorlikni aniqladi, mehnat qiymatning haqiqiy asosi ekanligini 
isbotlashga urindi. 
A.Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini, ya'ni mavhum va 
konkret mehnat borligini tushunmadi, qiymat o`z tabiatiga ko`ra ijtimoiy 
xarakterga ega, tovar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy munosabatlarini 
aks ettiradi va bir tovarning ikkinchisiga munosabati almashuv qiymati 
orqali aniqlanadi. 
Smitning fikricha, qiymatni sotib olinadigan mehnatga qarab 
aniqlash shu tovarlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlash 
usuliga qarama-qarshi emas. 
Ekvivalentlik tovar almashuvining qonuni: bir xil miqdordagi 
mehnat aks etgan tovarlar almashadi. Shundan Smit tovar ishlab chiquvchi 
bir tovarni boshqasiga almashganda keng miqdordagi mehnatni sotib oladi, 
shu sababli tovar qiymatini sarflangan va sotib olingan mehnat bilan bab-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


163 
baravar aniqlash mumkin, degan xulosa chiqaradi. Bu holda qiymat 
o`lchovi deb ish vaqti o`rniga mehnatning almashuv qiymati keltiriladi. 
Sotib olinadigan mehnat nazariyasida qiymat tushunchasi ishlab 
chiqarish faoliyatidan almashuv sohasiga ko`chirilgan (bu esa xato), 
almashuv qiymati esa o`z hisobiga faqat ma'lum miqdordagi mehnatni 
olish qobiliyati sifatida izohlagan, xolos. 
A.Smit kapitalist va ishchi o`rtasidagi munosabatni tahlil etib, 
bunda ekvivalentlik qonunining buzilganligini ko`rdi. Kapitalist ishchiga 
ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir 
qismini to`laydi. Bu qiymatning ikkinchi qismini esa kapitalist foyda 
sifatida o`zlashtiradi. Olim kapitalizm davrida qiymat qonuni buzilayotir, 
deb e'lon qildi va qiymatning mehnat nazariyasi kapitalizmgacha bo`lgan 
sharoitlarda qo`llanilishi mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha, qiymat 
faqat "jamiyatning dastlabki holatida", kapitalist va yollanma ishchilar 
bo`lmagan, ya'ni oddiy tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina mehnat 
bilan aniqlanadi (ekvivalentlik to`la mavjud). 
Ma'lumki, oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar mehnat mahsulotini 
sotadilar va sotib oladilar, ishchi kuchi u yerda tovar emas. Tushunarliki, u 
sharoitda begona mehnat faqat mehnatning moddiylashgan shaklida "sotib 
olinadi". Kapitalizmda esa ishchilar ishchi kuchini tovar sifatida, 
sotuvchilar sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish vositalari egasi sifatida bu 
tovarni sotib oluvchilar sifatida ish yuritadilar, oqibatda jonli va 
moddiylashgan mehnat o`rtasida doimiy almashuv ro`y beradi. A.Smit 
ishchi kuchi degan kategoriyani bilmagan, u ishchi o`z mehnatini sotadi 
deb o`ylagan. Shu sababli u kapitalizmda haq to`lanmagan mehnatning 
o`zlashtirilishini qiymatning mehnat nazariyasi asosida tushuntirib bera 
olmagan. 
A.Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga uringan. U 
aytadiki, ish haqi, foyda va renta har qanday daromadning, xuddi 
shuningdek har qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbayidir. 
Demak, Smit kapitalizmga xos yana bir qiymat - daromad nazariyasini 
o`ylab topdi, bu yerda daromad ish haqi darajasi, foyda va renta bilan 
aniqlanadi. qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning 
mehnat nazariyasiga qarama-qarshidir. Bu g`ayriilmiy konsepsiya boshqa 
siyosiy iqtisod namoyandalari tomonidan keng foydalaniladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


164 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin