175
Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlarn-
ing mohiyati asosan to`g`ri talqin etib berildi. Yangi burjua jamiyati har
tomonlama obyektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari
ko`rsatib berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va dahlsizligi qo`llab-
quvvatlandi.
Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan obyek-
tiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunlar iqtisodiy
tizimda tabiiy turg`unlikni ta'minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir
ekanligi tan olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji
boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llanadi. "Ko`rinmas qo`l"
yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivo-
jlanish qobiliyatiga egadir.
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoy-
illari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida
to`g`ri ko`rib chiqilgan.
Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar
o`rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutlaq va
nisbiy ustunlik prinsiplari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidan qat'iy
nazar (sanoat, qishloq xo`jaligi, savdo va xizmat...), mehnat jamiyat
boyligining asosi ekanligi aniqlandi. Jamiyatning sinfiy tuzilishi asosan
to`g`ri ko`rib chiqildi, ular o`rtasida keskin qarama-qarshilik yo`qligi
ko`rsatilgan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqti-
sodiy inqirozlar inkor etildi.
Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo`lgan qiymat, pul, baho,
foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif
berilgan.
Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodi-
yotining bekamu ko`st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari bor-
ligi ham qayd etilgan.
Quyida A.Smitning mamlakat milliy boyligini ko`paytirish omillari
chizmasi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: