176
dogmasi; iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari; mutlaq afzallik nazariya-
lar.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1.Klassik iqtisodiy maktabning Angliyada vujudga kelishi qanday
ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarda ro`y berdi?
2. Sanoat to`ntarilishi bilan bog`liq bo`lgan siyosiyijtimoiy va iqti-
sodiy o`zgarishlar nimalardan iborat?
3. A.Smitning bosh iqtisodiy asari qachon yozib tugallandi va
undagi asosiy iqtisodiy g`oyalar nima? Olimning tadqiqot metodologiyasi
nimaga asoslanadi?
4. Nima uchun A.Smit manufaktura
ishlab chiqarishining
mafkurachisi bo`lib qoldi?
5. Mehnat taqsimotining ustunlik tomonlari nima va kamchiligi ni-
mada?
6. A.Smitning pul, qiymat, daromadlar, ish haqi, kapital va takror
ishlab chiqarish to`g`risidagi ta'limotlariga qisqacha izoh bering.
7. "Smit dogmasi" nima? Uning kamchiligi nima?
8. "lassez faire" va "ko`rinmas qo`l" tamoyillari nimani anglatadi?
9. Xalq boyligi qanday omillarga bog`liq?
10. Nochor ahvolga tushgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun nima
qilmoq kerak?
11. Mutlaq afzallik prinsipi nimadan iborat?
Otang bozor, onang bozor.
Maqol.
9-BOB. D.RIKARDO, J.B.SEY, T.MALTUS VA
BOSHQALARNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI (3-bosqich)
9.1. D.Rikardoning iqtisodiy ta'limoti
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Ri-
kardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g`oyalarini yanada rivojlan-
tirdi. U Londonda sohibkor dallol yahudiy oilasida tug`ildi, 14
yoshidan
otasiga yordamchi bo`ldi. Ikki yil Amsterdamda (Gollandiya) savdo mak-
tabida ta'lim oldi. Yoshligidayoq birjadagi qulay operatsiyalar
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
177
tufayli katta boylik to`pladi (1793-1812).
Boyigach, tabiiy fanlar bilan, keyinchalik
siyosiy
iqtisod
bilan
shug`ullandi.
U
matematika, fizika, ximiya va biologiyani
mustaqil o`rgandi. D.Rikardo dastlab birja
dalloli, keyinroq matematika o`qituvchisi
bo`ldi, ikki marta sherif (politsiya boshlig`i)
etib
saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya
parlamentining
a'zosi
edi.
Parlament
minbaridan o`zining ilg`or iqtisodiy fikrlarini
tarqatish maqsadida foydalandi, erkin savdoni
talab etdi, proteksionizm
va pul muomalasi
sohasidagi davlat siyosatini tanqid qildi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda
A.Smitning "Xalqlar boyligi..." asarini ko`rib qoladi va unda bu fanga
ishtiyoq paydo bo`ladi. Bu fan bilan mashg`ulot uning uchun asosiy sohaga
aylanadi. U hammani qiziqtirgan eng asosiy muammolarga javob berishga
harakat qildi. U jamiyat moddiy boyligi o`sishi uchun ijtimoiy ishlab
chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari
eng qulay va optimal degan
masalaga to`xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul
muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi,
xalqaro mehnat taqsimoti to`g`risida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi
J.S.Mill bilan do`stona munosabatda bo`lgan.
Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat
inqilobi natijalarini
to`laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo`lib, klassik iqtisodni
nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki
"Oltin ajdahosi to`g`risida uch xat" (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul
muammolarini tahlil qilishga bag`ishlandi. Millning tazyiqi bilan 1817
yilda uning asosiy asari bo`lgan "Siyosiy
iqtisod va soliq solishning
boshlanishi" chop etildi. 1824 yilda yozilgan "Milliy bank tuzishning
rejasi" asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi.
Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a'zosi sifatida
o`ziniig iqtisodiy g`oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi. Parlamentda
"non qonunlari"ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va
erkin matbuot, yig`ilishlar erkinligini qo`llovchi nutqlar bilan chiqqan.
1821 y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan.
Tadqiqot predmeti sifatida "daromadlar taqsimotini boshqaruvchi
qonunlarini aniqlash"dan iboratidir. Ishlab chiqarish (moddiy ne'matlar)
Dostları ilə paylaş: