#6.1 Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.
Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi. Reja: 1. "Xalqlar boyligi…" asaridagi iqtisodiy qarashlar. 2. Mehnat taqsimoti va pul to’g’risidagi ta'limot. 3. Unumli va unumsiz mehnat to’g’risidagi ta'limot. 1. "Xalqlar boyligi…" asaridagi iqtisodiy qarashlar.
chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta'lim oldi,
u yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham
o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o’qiy boshladi.
Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar
kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o`qigan leksiyalari asosida etikaning
falsafiy muammolariga baqishlangan o’zining birinchi "Ahloqiy xissiyot
nazariyasi" kitobini yaratdi, ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir
ingliz aristoqratning oilasiga tarbiyachi bo’lib keldi (gyersog Bakleyu). o’z
tarbiyalanuvchisi bilan Yevropa bo’ylab sayoxatga chiqdi, Shveysariyada Voltyer,
Fransiyada Didro, Fiziokratlar F.Kene va A.Tyurgo, D.Alamber, Gelveskiy va
boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi.
Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta ta'sir qildi. U 1766
yilda o’z yurtiga qaytdi va o’zining bosh asari - "Xalqlar boyligining tabiati va
sabablari to’g’risidagi tadqiqot" ni yozishga kirishdi, bu asar 1766 yil martda
londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy
bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib
iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo’lib,
birinchisidan qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi,
ikkinchisida - kapital jamg’arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy
rivojlanishi, uchunchisida - kapitalm taraqqiyot ining tarixiy shart-sharoitlari,
to’rtinchisida - Merkantilizm va Fiziokratlarning ta'limotiga munosabati,
beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Buyuk ajoyib asar A.Smit
tirikligidagi davrda besh marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng
jamoatchlikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi.
Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-05 yillarda chop etildi. O`sib
borayotgan burjuaziya uchun bu asar ayniqsa asqotdi, feoldalizm qoldiqlarini
tugatish uchun qimmatli qurol bo’ldi. Yangi kapitalistik, ya'ni bozor
iqtisodiyotining klassik ta'limoti yaratildi.A.Smit tomonidan tadqiq etilgan
insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab
qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda "iqtisodiy odam" tushunchasi keyinroq
paydo bo’lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar.