Reja: "Xalqlar boyligi…" asaridagi iqtisodiy qarashlar


Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi



Yüklə 35,97 Kb.
səhifə4/5
tarix30.09.2023
ölçüsü35,97 Kb.
#150945
1   2   3   4   5
#6.1 Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.

Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi:
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va moxirligi
oshadi;
2. Bir turdagi ishlan boshqasiga o’tish uchun ketadigan vaqt; 3. Iqtisod qilinadi (dastgoxdan dastgoxga borish vaqti va yangi turdagi
ishga psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);
Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug`diradi, ya'ni
takrorlanadigan jarayonlar mashina qo’llashga qulaylik yaratadi. Undan tashqari
ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham
yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi.
Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining roli va mashina
sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to’g’ri yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish
hajmi va mahsulot iste'moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan
shug`ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi.
Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo’lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita
bog’liqdir. A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan.
Bir xil operasiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va
nodon bo’lib ham qolishi mumkin.
Aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko’rsatgichlari
bilangina aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatidir. Faylasuf
aravakashdan tug’ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va
hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha
keng bo’lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo’ladi,
tor bozorda bu imkoniyatlar cheklangan bo’ladi va mehnat unumdorligining o’sishi
ham qiyinlashadi. A.Smit bir tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan
jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o`rtasida prinsipial farq
yo’q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura miqyosida va
ikkinchidan jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o’rtasida
prinsipial farq yo’q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura
bo’lib, mehnat taqsimoti esa odamlar hamkorligining umumiy shaklidir. Shu bilan
birga ob'ektiv sharoitni hisobga olib, manufakturadagi mehnat taqsimoti va
endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan
olinadi. Ishchi kapitalning ilojsiz qo’shimchasiga aylanib boradi, ishlab chiqarish
vositalaridan, mehnat ob'ekti va sharoitidan maxrum bo’la boradi. Insonning
almashuviga moyilligi uning psihologiyasi va xulq-atvoriga xos bo’lib, mehnat
taqsimotining rivojiga ham ta'sir etadi.
Bundan keyin, mehnat taqsimotining o’sishi va almashuvining kengayishi
parallel boradi va ular bir-birining rivojlanishiga turtki bo’ladi. Bu jarayonda
pulning muhim roli bor. Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda, ozroq
rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko’rsatib beradi. Pulning paydo bo’lishini
ayrim talantli odamlarning kashfiyoti yoki odamlarning o’zaro hamkorligiga
boqlash mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga
nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, g’arb olimlarida esa asosan uchta) alohida
ta'kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo’lib, iqtisodiy
jarayonlarni yengillashtiradi, uni "muomalaning buyuk g`ildiragi" - deb baholaydi.
A.Smit oltin va kumush pullarni qog`oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq,
uni esa barklar cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan, ammo bunga
uncha katta e'tibor bermagan. A.Smitning qarashlarida ancha chalkashliklar bo’lsa ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarish asosidan chiqarishdi, ularning ishlab
chiqarishga nisbatan tobeligini ko’rsatib berdi. A.Smit pul-kredit omillarining
mustaqilligini yetarli baholay olmadi, ularning ishlab chiqarishga teskari ta'sirini
tushunmadi. A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga nisbatan ancha
chuqur va to’laroq ishlab chiqdi (shuni ta'kidlab o’tish kerakki, keyingi g’arb
tadqiqotlarida qiymat o’rniga qimmat tushunchasi ko’proq qo’llanilmoqda,
marjinalizm nazariyasida ham shunday). U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy
baholarini farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi.
"qiymat" so’zi uningcha ikki xil mazmunga ega.
Bu so’z bilan buyumning foydaliligi (balki qimmati) hamda uni boshqa
buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste'mol va almashuv
qiymatlarini farqlagan. Masalan, suv va olmosni olib, bu tovarlarning almashuv
qiymatini ularning foydaliligi yoki iste'mol qiymati bilan tushuntirish bema'ni
ekanligini ko’rsatib beradi. qiymatning yagona manbai va oxirgi ulchovi shu
tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bo’lib, bu mehnat sarflarijami
uchun zarur o’rtacha sarfga tengdir. Smit malakali va murakkab mehnatdan
oddiyga o’tishga ma'lum koeffisientlar yordamida bajarilishini uktiradi.
Almashuv qiymati tovarning tabiiy xususiyati emas, tovarlarning tabiiy
xususiyati, ularning iste'mol qiymatlari hisoblanadi. Agar tabiiy xususiyatlarni
inkor etsak, tovarlarda yagona xususiyat holadi: tovarlar inson mehnatining
maxsulidir. A.Smit V.Pettidan farqli ravishda (u mehnat faqat oltin yoki kumush
ishlab chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) mehnat barcha moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, degan fikrda edi. U ish vaqti va
qiymat miqdori orasidagi to’g’ridan-to’g’ri aloqadorlikni aniqladi, mehnat
qiymatning haqiqiy asosi ekanligini isbotlashga o’rindi. Smit ta'limotida ishchi
kuchi degan kategoriya yo’q, u kapitalist va ishchi o’rtasidagi munosabatda ishchi
kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan. Ammo ish haqining normal darajasini
aniqlashda u amalda ishchi kuchining qiymatidan foydalangan, ish haqining
miqdori to’g’risidagi gap borganda esa tirikchilik hurajatlari qiymati hisobga
olinishi kerak, deydi. U shuningdek, ish haqi miqdori o’zgarishinnig mexanizmini
o’rganib, uning qo’yi chegarasi jimsoniy tirikchilik minimumi bo’lish kerak degan
xulosa chiqarishdi. Agar ish haqi unlan past bo’lsa, ishchilarning ommaviy qirg`ini
ro’y beradi, Hindiston va Xitoydagi ishchilarning ish haqlari iqtisodiyotning
tushkunlik yoki turg’unlik holatida jismoniy minimumga yakinlashadi.
Angliya va Shimoliy Amerikada, ya'ni rivojlanish me'yorida yoki tez
sur'atlar bilan brogan davlatlarda ish haqi minimumdan yuqori bo’ldi, undan
tashkri ish haqi an'ana, madaniy saviya, tarkib topgan iste'mol me'yoriga ham
bog’liq. Ish haqi miqdorining o’zgarishi bozor mexanizmining harakati aosida
shakllanadi, uning o’zgarishining bevosita sababi mehnat bozoridagi talab va
taklifning tebranib turishi hisoblanadi. Smit jamiyatning uch holatini:
yuksalayotgan - progress, stansionar turg’un va tanazzul - regressga uchragan
holatlarni izohlagan. Birinchisida boylik ko’payadi va mehnatga talab-extiyoj
ortadi. Stansionar holatda ishchilarning ahvoli og`ir, tushkunlikda esa ayanchli
bo’ladi. Smitning fikricha, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot-progressga yordam
beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag`batlantiradi. U ish haqini oshirish mehnatga bo’lgan layoqatni kamaytiradi, ishchilarni dangasa qilib
qo`yadi, degan g’oyalarga qarshi edi (buni V.Pettining fikrlari bilan solishtiring).
Yollanma ishchilar aholining asosiy qismini tashkil etadi va bironta jamiyat,
shubxasiz, agar uning asosiy qismi kambag`al va oqir ahvolda bo’lsa, baxtli
jamiyat bo’la olmaydi. Undan tashqari, oddiy mantiqiy adolat shuni ham talab
qiladiki, butun xalqni boqayotgan, kiyintirayotgan va binolarni qurayotgan kishilar
o’z mehnati tufayli yaratilgan boyliklardan ma'lum qismini olib, durustgina
yashash uchun kerak bo’lgan mablag`larga ega bo’lishi zarur. Bizningcha, bu
fikrga hamma yaxshilab e'tibor berishi kerak.
Olimning davlat xizmatchilari, advokat, sudya, ruxoniy va o`qituvchilarning
ish haqlari to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. U, ayniqsa oliy o’quv
yurtlarida "natijaga qarab haq to’lash" ning yo’qligini qattiq tanqid ostiga oladi.
Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh olayotgan o`qituvchi hech qachon
to’la kuch bilan ishlamaydi, chunki u bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq
to’lash qanchalik ziyon keltirsa, ortiqcha ko’p maosh ham jamiyat uchun naf
keltirmaydi.
A.Smit burjuaziyaga ishchilar sinfining qashshoqligi uning manfaatlariga
qarama-qarshi ekanligini uqtirdi va xatto foyda kamaygan holda ham ish haqi
oshishi mumkinligini ko’rsatib berdi.Burjuaziya bu fikrga, ayniqsa keyingi
paytlarda katta e'tibor berdi va Smitning o’gitlariga quloq soldi.
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma ishchi
mehnatiga to’lanmagan mahsulotdir, degan xulosa chiqarishiladi. A.Smit
qo’shimcha qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashgan, chunki foyda
kapitalist bilan bevosita boqlangan, bunda ishchi o’z mehnat samarasini kapitalist
bilan bo’lishishga majbur bo’ladi. Bu holatda foyda yangi paydo bo’lgan qiymat
bilan ish haqining farqi ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovarnnig bir qismi
tegadi, xolos. qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi. Amalda foyda
qo’shimcha qiymatdir. Fiziokratlardan farqli ravishda, A.Smit qo’shimcha
mahsulot faqat qishloq xo’jaligida, iste'mol qiymatlarini ortishi hisobigagina emas,
balki xodimning mehnati yaratgan yangi qiymatdir, degan to’g’ri xulosaga keldi
(bu yerda ishlab chiqarish sohasining, ya'ni bu soha sanoatmi yoki agrar sohami,
xizmatmi-ahamiyati yo’q).
Ammo boshqa holatda u foydani boshqacha tushunadi: yer egasiga rentani
to’lagandan keyin sanoat kapitalistida holadigan daromad, pul kapitali egasi ssuda
foizini to’lagandan keyin holadigan daromad. Bu yerda foyda xizmatchi
kapitalistning korxona daromadi sifatida amal qiladi. Smit bu holdagi foydani
korxonani boshqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ko’rinishdagi ish haqi e'lon
qilishga qarshi chiqdi. U foyda miqdori korxonani boshqarishdagi mehnatining
miqdori va murakkabligiga emas; balki avans (bo`nak) qilingan kapitalning
hajmiga bog’liq ekanligini ta'kidlaydi.Smit qo’shimcha qiymatga ilmiy izoh bera
olmadi va uning paydo bo’lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha
avanslangan kapital tufayli tuqiladi, deb o`yladi. Foyda normasining tekislanib
borishini, o’rtacha paydo bo’lishi jarayonini sezgan olim bu borada yuzaga
keladigan qarama-qarshilikni ko’ra olmadi. Agar qo’shimcha qiymat to’lanmagan
mehnat usuli bo’lsa, u kapitalga proporsional bo’la olmayda. Smit tarixiy rivojlanish tizimi "o’zgaruvchi kapital - qiymat - qo’shimcha
qiymat" dan "yalpi avanslangan kapital - o’rtacha foyda - ishlab chiqarish bahosi"
tizimiga o’tilganligini inkor etib, o’rtacha foydani qo’shimcha qiymat bilan
qorishtirib yubordi. Oqibatda Smit qiymatga kapitalning unumi natijasi yoki
kapitalistga uning faoliyati uchun haq sifatida qaraydigan bo’ldi. Shu fikr bilan
bog’liq ravishda u foizni to’lagandan keyin holadigan foydaning bir qismi kapitalni
qo’llash bilan bog’liq bo’lgan mehnat va tavakkalchilik uchun to’lanadigan
mukofot ko’p xollarda arzimas mukofot yoki xaq deb gapira boshladi. Bu xato fikr
burjua vulgar olimlari tomonidan keng qo’llaniladi. Smit foyda normasi va
prosentning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va "millatning ravnaqi"
ko’rsatgichi - deb xarakterladi, ammo foyda normasining pasayib borish
tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. U boy davlatlarda kapital ortiqligi,
kapitalistlar raqobatini foyda normasi pasayishiga sabab deb ko’rsatdi. Aslida gap
bu yerda kapitalning organik tuzilishida (doimiy kapital S ning o’zgaruvchi
kapital V ga nisbati), buni olim ko’ra bilmadi.
Smit burjuaziyani progressiv ilg’or sinf deb hisoblaydi, chunki u kapital
jamg’arilishiga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. U yirik
yer egaligini qo’llab-quvvatlamagan, yer rentasi - yer egasining daromadini foyda
kabi ishchining mehnat mahsulotidan chegirilgan qismi, deb tushuntirgan. Smit
rentani ijara haqidan ajratgan va rentaning yerni yaxshilash uchun sarflangan
kapitalga aloqasi yo’q, deydi, chunki bu yaxshilashni qo’shimcha ijarachi
qoplaydi. Ammo ijara shartnomasi yangilashganda yer egasi rentani oshiradi, yerni
yaxshilash go’yoki uning hisobiga amalga oshirilgan bo’ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning ekspluattatorlik tabiati
ochib beriladi. Yer kapital kabi o’zga mulk sifatida mehnatkashlarga qarshi
turadigan moddiy sharoit hisoblanadi. Yer xususiy mulkka aylangach, xodim, ya'ni
ishchi o’z mehnati yakunlarining bir qismini yer egasiga qaytarishga majbur. Renta
yerga mulkchilik monopoliyasi paydo bo’lishining oqibatidir. Yer unumi va
joylashuvining turli bo’lishi ham rentaga sabab bo’lishi mumkin, deydi Smit.
Ammo absolyut va Differensial renta tushunchasi unda bo’lmagan (absolyut renta
yerga xususiy mulk bo’lgandagina paydo bo’ladi, Differensial renta esa har doim
mavjud). Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta'siri ham e'tiborga olingan. Bu
variantda rentani hosil qilishda qishloq xo’jaligi ishlari va ishchi hayvonlari
ishtiroq etadi. Dehqonchilik kapital qo’yish uchun eng foydali, samarali soha deb
hisoblangan. Smit Angliyaning kelajagi shu sohada, deb noto’g’ri uylangan. Uning
renta to’g’risidagi boshqa bir qancha fikrlari bor, lekin ular masalani o’ta chalkash
va noto’g’ri talqin etadi. Pettining rentani Smitdan yaxshiroq tahlil etganini hayot
isbotladi.

Yüklə 35,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin