78
Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir
xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski
chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis
pullar
zarbini
markazlashtirish
maqsadida
boshqa
shaharlardagi
zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt
Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida "fulusi adliya", ya'ni
adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar
mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida
keng muomalaga kirib,
davlatning ichki savdosini naqdina bilan to`la ta'minlay boshladi. Ichki
chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va
qiymatini oshirish bilan hal etilishi o`rta asrlar sharoitida nodir va
favqulodda voqea bo`lsada, har holda Ulug`bekning bunday islohoti
mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun
keng yo`l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan
keladigan daromadni
oshirish maqsadida "tamg`a" boji ham birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til
bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Ulug`bek (1394-1449) tarixda ko`proq davlat arbobi sifatida emas,
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong`i
dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu yerda
biz
Ulug`bekning
ijtimoiy-iqtisodiy
faoliyatiga
alohida
e'tibor
bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida
qunt
qilinadi,
busiz
rivojlanish
bo`lmasligini
hokimlar
yaxshi
tushunishgan. Sug`orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg`ot, navo,
chig`ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko`prik, handoq, tazar va
sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
O`sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning
soliq tizimi bilan
chambarchas bog`liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig`imi qancha yuqori
bo`lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning
pastligi aholi uchun qulay bo`lgani bilan, davlatning boshqaruv,
mudofaa
va boshqa maqsadlariga doimo to`g`ri kelavermaydi. Shularni yaxshi
tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlash va uni
yig`ishning ma'lum adolatli usullarini qo`llanganlar. Masalan,Ulug`bek
hukmronligi davrida g`alla g`aram qilinmasdan avval soliq to`plash
qat'iyan man' etilgan, chunki dehqon hosil yig`ib olgachgina real soliq
to`lash imkoniga ega bo`ladi. Soliq aniq uch muddatda,
dehqon hosili
pishishiga qarab bo`lingan:
1) saraton (iyun-iyul);
2) sumbula mezon(avgust va sentabr);
3) qavs(noyabr).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
79
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig`ish paytida soliqchilar
dehqon, chorvador yoki bog`bonga nisbatan zug`um o`tkazmasligi,
jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush janjalgacha olib bormasligi
zarur qilib qo`yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo`lgan
daxlsizligi ta'minlangan.
Umuman, soliq bo`yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan
kishonlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko`rishga soliqchilarning haqqi
yo`q edi.
Soliq miqdori va to`lov
tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning
oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar
jazoga tortilgani ma'lum.
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy,
Hindiston, Tibet va boshqa ko`pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib
borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini
alohida ta'kidlab o`tish kerak. Elchilar "Buyuk ipak yo`li" xafvsizligini
ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa,
hunarmandchilik va
savdoning
rivojlanishi,
tovar-pul
munosabatlari,
milliy
valuta
mustahkamligiga bevosita bog`liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi
mavjud:1) qiymat o`lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg`arma vositasi.
Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo`lmasa, iqtisodiyot
posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul
islohotlari o`tkazib turiladi. 1428 yili Ulug`bek tomonidan o`tkazilgan
islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi. Muomaladagi fulusiy pullar
almashtirildi.
Ulug`bek davridagi islohotlar tovar
pul munosabatlari rivojiga
muhim hissa qo`shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.
Dostları ilə paylaş: