Ma’lumki keyingi avlod taromoqlari(ngn) yagona keng polosali aloqa kanali orkali tarmoq abonentlariga matn, audio va video singari ko‘plab telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etish imkoniyatlarini beradi



Yüklə 22,99 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü22,99 Kb.
#106919

2.1. Asaka tumanida abonent kirish tarmoqlari tahlili


Takidlash lozimki, bugungi kunda telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan talab katta tezlikda ortib bormoqda, shuningdek yangi zamonaviy texnologiyalarning yaratilishi va aloqa tarmoqlariga joriy etilishi tobora o‘sib borayotgan talablarni qondira oluvchi aloqa tarmoqlarini yaratishga imkon beradi. Ammo shuni unutmaslik kerakki bunday usulda aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish aloqa operatoridan qo‘shimcha sarf xarajatni talab etadi. SHuning uchun ham bunday aloqa tarmoqlarini tashkil qilishda eski texnologiyalardan yangisiga o‘tishni ta’minlovchi, yangi xizmat turlariga ega bo‘lgan, iqtisodiy tomondan arzonga tushadigan texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki keyingi avlod taromoqlari(NGN) yagona keng polosali aloqa kanali orkali tarmoq abonentlariga matn, audio va video singari ko‘plab telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etish imkoniyatlarini beradi.
Demak NGN texnologiyasining respublikamiz aloqa tarmoqlarida qo‘llanilishi, aloqa sifat ko‘rsatkichlarini jaxon standarti talabiga javob beradigan pog‘onaga olib chiqishga imkon beradi.
NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya’ni NGN tarmoq) universal tarmoq xisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni (tovush, video, rasm, televizion kadr va boshkalar) sifatli, yo‘kotishlarsiz va yukori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog‘i turli xil ma’lumotlar trakti uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni ta’minlash imkoniyatiga egadir, ya’ni (QoS - Quality of Service) xizmat kursatish sifati yukori kursatgichga egadir. Nazariy jixatdan uylab karalganda NGN tarmog‘i ayni paytda foydalanib kelinayotgan Umumfoydalanuvchi telefon tarmog‘i (UFTT-PSTN), ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT), elektr aloqa tarmog‘ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog‘idir.
NGN tarmog‘ini qurishdan asosiy maksad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilish va jaxon standartlariga mos keng kulamli, sifatli, tezkor xizmatlar kursatishdan iboratdir. Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin:

  • telefon aloqasi xizmati (maxalliy, shaxarlararo, xalkaro telefon aloqasi);

  • ma’lumotlar uzatish xizmati (ajratilgan ma’lumot uzatish kanali, ma’lumotlarni uzatuvchi virtual xususiy tarmoqlar);

  • telematika xizmati («elektron pochta», «ovozli pochta», «IP-telefoniya», «audiokonferensiya», «videokonferensiya»);

  • xarakatdagi elektr aloqa xizmati;

  • provayder xizmati («elektron supermarket», «masofadan ukitish»).

  • videokonferensiya xizmati.

  • internet xizmati va xokozo.



Bu xolda NGN tarmog‘i xar xil turdagi aloqa vositalari, ya’ni analog telefon apparati, faksimilь apparati, IR-telefoniya terminali, mobil aloqa vositalari, raqamli tarmoq qurilmalari va boshqa tur aloqa komponentlarini qo‘llab-kuvvatlaydi.
NGN tarmog‘ining arxitekturasini yaratishda bitta yagona infrastrukturada UFTT, Mobil aloqa tarmog‘i, Internet tarmog‘i resurslari, IP-telefoniya tizimini jamlash kuzda tutiladi. Xozirgi kunda NGN tarmog‘ining to‘rt satxli arxitekturasi mavjud.
SHunday ekan respublikamiz axolisiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun nafaqat telekommunikatsiya tarmoqlarimizni transport qismlarini, balki shu qatorda abonent kirish tarmoqlarini xam modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida qurish orqali o‘tkazish qobiliyatlarini oshirishni ta’minlash lozim.
Ma’lumki bugungi kunda mavjud telekommunikatsiya tarmoqlaning eng muammoli qismi bu abonent kirish tarmoqlaridir. CHunki o‘rama juft o‘tkazgichli kabellar (TPP 600x2, 100x2, 50x2) asosida qurilgan analogli abonent liniyalari o‘tkazish qobiliyatining pastligi va sifatining yomonligi bugungi kunda ishlab chiqilayotgan yangi telekommunmkatsiya xizmatlarini abonentlarga taqdim qilishga to‘sqinlik qiladi.
«Oxirgi milya» va tarmoqni qayta qurish muammolar asosan quydagilar bilan bog‘liq:

  • uncha katta bo‘lmagan analog ATS larning sonini ko‘pligi, liniyalarning etmasligi, yangi liniya yotqazish uchun kanalizatsiyaning etishmasligi, eski liniyalar bo‘yicha xizmat sifatining pasligi, qurilishga ketadigan va tarmoqdan foydalanishga ketadigan sarf xarajatning ko‘pligi;

  • tarmoqdan tushadigan mablag‘ning kamligi. Bu asosan ATS xizmatlarining kamligi, narxi yuqoriligi va yangi xizmatlarni kiritishni texnik murakkabligi, qarzdorlik muammolari bilan bog‘liq;

  • texnikadan foydalanishning murakkabligi va ekpluatatsiya xarajatlarining yuqoriligi. Bu asosan qurilmalarning tez-tez buzilishi va liniyalardagi avariyalar, qurilmalarning va liniya vositalarini ta’mirlash kabi muammolar bilan bog‘liq;

  • tarmoqda qo‘llaniladigan operatorlarning infratsrukturasini optimal emasligi;

YUqoridagi kamchilik va muammolvrni quydagicha xal qilish mumkin:

  • optik tolali tarmoqlarni qurish va undan foydalanish;

  • abonent kirish tarmoqlarini qurishda simsiz texnologiyalardan foydalanish.

  • mavjud bo‘lgan mis sim juftliklaridan foydalanish.

Abonent kirish tarmoqlarida optik texnologiyalarning keng tadbiq etilishi, abonentlarga yuqori sifatli ko‘plab telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim qilishga imkon beradi. Ammo bugungi kun iqtisodiyoti sharoitida optik tolali tarmoqlarni qurish iqtisodiy qimmatga tushadi, ayniqsa abonent liniyalarini. Mavjud mis kabellardan foydalangan xolda yangi texnologiyalardan foydalanish sarf xarajatlarni qisqarishiga olib keladi. Bunday liniyalardan foydalanganda xDSL texnoloniyalarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir va bunday liniyalardan yana ko‘p yillar foydalanish mumkin. SHu sababli mavjud liniyalar qoldirilib, ularda yuqori tezlikli xDSL texnologiyasiga asoslangan raqamli uzatish tizimlarini qurish ham keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishda qo‘llanidi.




2.2. Abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiya qilishda optik texnologiyalardan foydalanish


YUqoridagi bo‘limda Andijon shahrida ekspluatatsiyada bo‘lgan abonent kirish tarmoqlarida mavjud bo‘lgan muammolar xususida to‘htalib o‘tildi. Bu muammolarni hal etish va abonent kirish tarmoqlarini takomillashtirish uchun zamonaviy optik texnologiya bo‘lgan PON texnologiyasi qo‘llash mumkin. Ammo shuni nazarda tutish lozimki PON texnologiyasining ham bir necha variantlari mavjud va ulardan optimalini tanlash zarur.
Yüklə 22,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin