Iqtisodiy xavfsizlik



Yüklə 32,27 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü32,27 Kb.
#194171
Iqtisodiy xavfsizlik


Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar (qarang Marketing). I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlik - bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o'sishi, ijtimoiy ehtiyojlarining maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajada himoyalash ta'minlanadi.[1]
I.x. milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.
I.x.ning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida I.x.ning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud. Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi tez-tez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi.
Iqtisodiyot globallashgan, eksport va importning milliy iqtisodiyotga taʼsiri kuchaygan sharoitda I.x.ni oʻz ishlab chiqarishi bilan taʼminlab boʻlmaydi. Shunday sharoitda eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida taʼminlash I.x.ni kafolatlaydi.
Istiklol yillari Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar tufayli don mustaqilligiga erishildi, mamlakat ehtiyojining 90% oʻz doni bilan taʼminlandi (2002-yil). Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish natijasida shu sohadagi talab-ehtiyojlarni ham, asosan, oʻz ishlab chiqarishi hisobidan qondirishga erishildi. Alisher Vahobov, Sadir Salimov.[2]

“Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiyot yo‘nalishdagi maqolalari va axborotlarini chop etishga ixtisoslashgan.


Jurnal ochiq va undan bepul foydalanish mumkin.
Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida, 1 oyda bir marotaba chiqariladigan nashrdir.
Jurnalning maqsadi talaba (bakalavr va magistrant)lar, doktorantlar, tadqiqotchilar, olimlar va soha mutaxassislari ilmiy salohiyatini sayqallash, ularning diqqatini respublikamiz miqyosidagi ilmiy axborot makonda kechayotgan jarayonlarga jalb etish, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanishlar natijalarini ommalashtirishdan iborat.
Jurnalning asosiy faoliyati:
- iqtisodiyot yo‘nalishlarida eng dolzarb innovatsion g‘oyalar, intellektual va texnologik salohiyatni oshirish, soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish muammolari bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etib, keng ommaga yetkazish hamda turli axborot mahsulotlarini chop etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish va ta’minlash, texnika, arxitektura, fizika, matematika, geologiya, qishloq xo‘jaligi, falsafa, geografiya, san’atshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik va islomshunoslikka aloqador bo‘lgan rasmiy hujjat va ilovalarni chop etish;
- ilmiy, amaliy anjumanlar, seminarlar va boshqa shakldagi ilmiy muloqot va munozaraga oid materiallarni nashr etish va tarqatish;
- mamlakat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarining tadbirkorlik hamda tijorat faoliyatini yuritish uchun zarur ma’lumot beruvchi, reklamaga oid va boshqa materiallarni yig‘ish, tahrir qilish, chop etish va tarqatish;
- iqtisodiyot yo‘nalishidagi adabiyotlarga berilgan taqrizlarni chop etish;
- xorijiy mamlakatlar bilan nashr etilgan jurnallarni ayirboshlash va ularga sotish;
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday iqtisodiy axborot va ma’lumotlarni jurnalda chop etish ishlari bilan shug‘ullanishdan iborat.


Mamlakat prezidenti O’zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne’mat bo’lgan mustaqillik to’g’risida so’z yuritar ekan, ya’ni uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta’riflanadi. Shunday ekan, u jamiyat a’zolari oldiga muttasil yangi-yangi tartibda jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda Respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi ,davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. Iqitodiyotni rivojlantirishda ko’plab sohalarga e’tibor qaratildi. Shu jumladan xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish uchun ham ko’plab islohotlar o’tkazildi. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari dasturi amalga oshirilishi doirasida 2016-yil mobaynida qonunchilik va me’yoriy huquqiy baza tashkil etish hamda uni takomillashtirish ishlari davom ettirildi. Xususan qurilishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib tamoillari doirasida yagona qoida talablar belgilandi, bino va inshootlar tashqi ko’rinishini o’zgartirish ,obyektlarni qayta iqtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joylarni noturar joylar toifasiga o’tkazishga ruhsat berish talablari joriy etildi. Eksport-import operatsialarini amalga oshirishda, tadbirkorli operatsialarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish kafolatlari va choralari kuchaytirildi. Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va kichik korxonalar tashkil etish maqsadida 2016-yil mobaynida kichik biznes subyektlariga 15.9 trillion so’mlik kreditlar ajratildi va o’sish 2015-yilga nisbatan 1.3 barobarni tashkil etdi. Jumladan qiymati 3.3 trillion so’mlik mikrokreditlar ajratildi, xalqaro moliya institutlarining 915 206.7 million dollar miqdordagi kredit linyalari o’zlashtirildi. Qulay ishbilarmonlik muhitini shakillantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda yanada rag’batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar 2016-yil mobaynida qariyb 32 ming yangi kichik biznes sub’yekti tashkil etish imkonini berdi. Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi qaytadan tiklanuvchi manbalardan energiya ishlan chiqarish yuqori texnika salohiyatiga ega bo’lib uning 97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasining prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan mavjud salohiyatlardan samarali foydalanish maqsadida 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizdan ko’prog’iga yetkazish vazifasi belgilandi. Buning uchun 10 yil mobaynida jami 5000 MVt quvvatdagi elektr stansiyalarini qurish ko’zda tutilgan. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilab sug’orish texnalogiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20-40 foizga oshirish; Yerlarning tanazzulga uchrashi bo’yicha neytral balanisga erishish; Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o’rtacha hosildorligini 20-25 foizgacha oshirishga erishishdir. Shuni ham takidlash lozimki, keyingi yillarda mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Bu oilalarning barqaror daromad manbaini shakillantirish, turmush darajasini yanada yaxshilanib borishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi[3]. O’zbekiston Respublikasining “Oilalaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi qonuni bu yo’nalishdagi huquqiy asosi bo’lib xizmat qilayotir. “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi”, degan tamoyilini ro’yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar izchil olib borilmoqda. Misol uchun 2012 - yilda olilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun, 2012 yilda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadlari uchun 91.3 milliard so’m kredit mablag’i ajratilgan bo’lsa, 2016-yilda ushbu raqam 367.2 milliard so’mni tashkil etdi . Bugungi kunda yurtimizda 8 mingdan ortiq oilaviy korxonalar mavjud. Tijorat banklari aholiga
bank xizmatlari ko’rsatish bilan birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish ,daromadini oshirish, ish bilan ta’minlashda ham samarali ishlar olib borilmoqda .Jumladan loyihalarda yaratilgan ish o’rinlariga qarab beriladigan kreditning yillik stavka foizi pasayib bordi. Bitta ish o’rni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz beshta va undan ko’p ish o’rni yaratga tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilandi. Bu loyihalardan maqsad xalqimiz farovonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilashdir. Qay tomonga qaramaylik, kichik biznes va xususiy tadbirkorliknig roli va o’rni tobora mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo’lamiz. 2016 - yilda mamlakat 916 yalpi ichki mahsulotining 56.9 foizi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 4.5 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda jami ish bilan band bo’lgan aholining 78.1 foizi shu sohada faoliyat yuritmoqda. 2016-yilda 31.8 mingta kichik biznes sub’yektlari tashkil etildi. Bu 2015- yilning shu davridagidan 18.1 foiz ko’p demakdir Jahon bankining 2017-yil 31-oktabrda e’lon qilingan “Biznesni yuritish 2018: ish o’rinlari yaratish uchun islohatlar” ma’ruzasiga ko’ra, O’zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o’rinni turadi egallab, o’tgan yildagi mavqeyini biur yo’la 13 pog’ona yaxshiladi. Qolaversa mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo’yicha islohotchi davlatlarning birinchi o’ntaligiga kirishga muvaffaq bo’ldi. Amalga oshirilayotgan islohotlar O’zbekistonning ishbilarmonligini yaxshilash va biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish bo’yicha yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida yetakchiga aylanishga imkon berdi. Tadbirkorlik subyektining davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimining tubdan takomillashtirilgani tufayli O’zbekiston korxonani ro’yxztdan o’tkazish ko’rsatkichi bo’yicha 11-o’rinni band etdi. 2017-yilning 9 oyi davomida o’tgan yilning shu davrdagiga nisbatan 1.3 marta ko’p biznes sub’ektlari tashkil etganining o’ziyoq mamlakatimizda biznes ochishning naqadar oson ekanligidan dalolat beradi .Mamlakatimiz xalqi shundan xursandki, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov yurtimiz ravnaqi yo’lida boshlagan samarali ishlari, yuksak azmu shijoat bilan davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ezgu sa’y harakatlari, Kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan mehnat qilib barchaga ibrat bo’layotgani O’zbekistonni istiqbolda nihoyatda farovon kunlar kutayotganidan darak beradi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Makro iqtispdiy mutanosiblikni saqlash, qabuk qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarini chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash; Xarajatlarning ijtimoiy
yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat va xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish; Ishlab chiqarish modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib boorish; Ushbu yuqorida aytilganlar orqali iqrisodiyotni bosqichma bosqich yuqori pog’onaga olib chiqish choralari amalga oshirilmoqda.

Q ishloq x o ‘jaligining jahon iqtisodiyotidagi о ‘m i keyingi yillarda keskin ortib bormoqda. Shuning uchun ham qishloq x o ‘ja!igi mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy omillari bo‘lgan yer, suv, mehnat resurslari va ulam ing o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar m iqyosida o ‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Q ishloq x o ‘jaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy va eng qadimgi tarmoqlaridan bin bo‘lib, ahohga oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom -ashyoning asosiy qism ini yetkazib beradi. Q ishloq xo‘jaligi asosan, ikkita yirik tarmoq - dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Bu ikki soha aholi uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi. Q ishloq x o ‘jaligi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarim dastlabki qayta ishlaydigan bir qancha tarmoqlami ham o ‘z ichiga oladi. Iqtisodiy jihatdan faol aholining taxminan yarmi, kamroq taraqqiy etgan


Qishloq xo‘jaligi aholi uchun oziq ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan bir qatorda, sanoat tarmoqlari (oziq ovqat, omuxta em, to‘qima chilik, dori darmon, atir upa sanoati va boshqalar)ni xom ashyo, ot ulov (yilqichilik, tuyachilik va hokazo) bilan ta’minlaydi. Dehqonchilik tarmoqlari (g ‘allachilik, paxtachilik, sabzavotchilik, m evachilik, uzumchilik va boshqalar) hamda chorvachilik tarmoqlari (qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, parrandachilik, pillachilik, baliqchilik kabilar) ni o ‘z ichiga oladi. Bu tarmoqlami birgalikda rivojlantirish m oddiy va mehnat resurslaridan to‘g ‘ri foydalanish imkonini beradi. 2005 yilga kelib jahon aholisi 6 milliarddan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkich yil sayin ortib borishi kutilmoqda. U lam i oziq ovqat bilan to‘Uq ta’minlash uchun har yili oziq ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini 3 4 foiz oshirib borish kerak. Har bir mamlakatda qishloq x o ‘jaligining rivojlanishi o ‘ziga xos ichki xususiyatlar e ’tiborga olinishini talab qiladi. Bu esa tabiiy, ijtim oiy ixtisoslashuvni taqozo etadi.
Mustaqillikka erishganimizdan boshlab O ‘zbekiston Respublikasi qishloq x o ‘jalik mahsulotlarining eksport potentsialini kengaytirib bormoqda. M eva va sabzavot mahsulotlari eksportiga qaraganimizda, YalM eksport salm og‘i 1994 yilda 16,8% ni tashkil etgan bo‘Isa, 2010 yilga kelib 38 % ga yetgan. 0 ‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari tashqi ko‘rinishi, mazasiga ko‘ra jahon bozorida eng xaridorgir hisoblanadi. Darvoqe, 0 ‘zbekistonda yetishtirilgan uzumdagi qand miqdori 18-30%, pomidordagi quruq modda miqdori 5,5% ni tashkil etadi. Bu Evropa mamlakatlarida yetishtirilgan shu turdagi mahsulotlar tarkibidagi shunday moddalar miqdoridan ancha ko‘pdir. Dehqonchilik tarmog‘ida 2000 yilda 0 ‘zbekiston bo‘yicha 839,8 mlrd. so‘m lik mahsulot yetishtirilgan bo‘lsa, shundan 65 foizi dehqon, 29,8 foizi shirkat va 5,2 foizi fermer xo‘jaliklari ulushidir
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatning ko'pgina sohalarini esa xomashyo bilan ta'minlovchi muhim tarmoqdir. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan boshlab yurtboshimiz rahnamoligida hukumatimiz tomonidan mazkur tarmoqda iqtisodiy islohotlami izchil amalga oshirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Qishloq xo'jaligining rivojlanishida malakali iqtisodchi kadrlarning ham o‘z o‘mi bor. Shu sababli oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy taTim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalarga Davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘tiluvchi „Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti“ fanini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘tish, talabalarga chuqur ta'lim berish, ularda mazkur fan bo'yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur o‘quv qoTlanma 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taTim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida va yurtimizdagi yetakchi iqtisodchi olimlar ilmiy ishlaridan foydalangan holda tayyorlandi. Unda qishloq xo‘jaligiga oid nazariy bilimlar bilan birga mamlakatimiz qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, amalga oshirilayotgan dasturlar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tarmoqni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlami yoritishga hamda mavzular bo'yicha statistik maTumotlardan keng foydalanishga harakat qilindi. 0 ‘quv qoTlanma oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy taTim yo'nalishidagi bakalavrlar uchun moTjallangan. Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz aholisining 48,4 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakatimiz agrosanoat majmuasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning quyidagi ahamiyati mavjud: Birinchidan, u aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda mazkur tarmoqning o'ini beqiyosdir, chunki aholi iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari asosan qishloq xo'jaligi tarmog‘ida yetishtiriladi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo‘jaligi tarmog'ining rivojlanish darajasi sanoat ushbu sohalarining ishlab chiqarish miqdori va samaradorligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislaming hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlaming 40 foizini qishloq xo‘jalik xomashyosi tashkil qilsa, ushbu ko‘rsatkich qand ishlab chiqarish sanoatida 70 foizni, sut va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishda esa 80 foizga yaqinni tashkil qiladi. Uchinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat og‘ir sanoatining rivojlanish sur'atiga va darajasiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste'mol qilgani holda, qishloq xo‘jalik texnikalari va melioratsiya mashinalari ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq xo'jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlaming asosiy qismini sanoat tarmog‘i yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari tashkil qiladi (YMM, ehtiyot qismlar, mineral o‘g‘it, omuxta yem va boshqalar). To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta'minlash, ularning turmush farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming natijalariga bevosita bog‘liqdir. Bu tarmoqda 2000-yilda 3,7 mln. kishi band bo‘lgan bo'lib, u iqtisodiy faol aholining 38 foizini tashkil etgan. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida band bo‘lganlaming jami mehnat resurslaridagi salmog'i pasaygan bo‘lsada, ushbu tarmoq qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ulaming turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Beshinchidan, qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki, u mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab bemvchi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarda ham sezilarli salmoqqa ega. Bu tarmoqda mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi yaratiladi. 2010- yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17,5 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog'ida yaratilgan. Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishi mumkin. Lekin mamlakatimiz iqtisodiyotida mazkur tarmoqning o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada qolaveradi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ulami qayta ishlash hisobiga olingan mahsulotlar mamlakatimiz jami eksporti tarkibida sezilarli salmoqni egallaydi. Masalan, 2009-yilda mamlakatimiz eksportining 8,6 foizi faqatgina paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlami shakllantiradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta'minlash imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Bunda sohaga oid turli dasturlarning qabul qilinib, hayotga tatbiq etilishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada qishloq xo'jaligining yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta'minlash va shu orqali respublika iqtisodiyotini yuksaltirishga erishilmoqda. 1
Yüklə 32,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin