Moliyaviy strategiyani amalga oshirishni ta’minlash
10-bosqich
Moliyaviy strategiyani amalga oshirish nazoratini tashkil etish
III.Tahlil. Moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil va uning asosiy yoʻnalishlari. Korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil alohida ahamiyat kasb etadi. Strategik moliyaviy tahlil istiqboldagi davrda korxonani rivojlantirishning aniq xususiyatlari va mumkin boʻlgan yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda korxona moliyaviy faoliyatini amalga oshirishning samaradorligiga ichki va tashqi omillar ta’sirini oʻrganish jarayonini oʻzida aks ettiradi. Yaxlit holda strategik moliyaviy tahlilning asosiy ob’ektlari sifatida korxonaning strategik moliyaviy rivojlanish dominant sohalari (yoʻnalishlari)ga e’tibor qaratiladi. Strategik moliyaviy tahlil oʻtkazish jarayonida moliyaviy rivojlanishning dominant sohalaridan har biri koʻrib chiqilayotgan yoʻnalish boʻyicha korxona moliyaviy faoliyati xususiyatlari va natijalarini turli tomonlardan tavsiflaydigan alohida segmentlarga boʻlishni tashkil etish maqsadga muvofiq.
IV. Xulosa
Bu mavzuni o‘rganib chiqib shuni xulosa qilishimiz mumkinki, korporativ moliyalarda moliyaviy qarorlarni to‘g‘ri qabul qilish biznes-rejalarni to‘laqonli ya’ni kamchiliklarsiz bo‘lishida katta ahamiyat kasb etar ekan. Bilamizki, biznes rejalar qanchalik mukammal bo‘lsa, amalga oshiradigan moliyaviy biznes amaliyotimizning foydali va daromadli bo‘lish ko‘rsatkichlari ham yuqori bo‘ladi. Korxonaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha moliyaviy qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil alohida ahamiyat kasb etar ekan. Moliyaviy qarorlar qabul qilishda Moliyaviy strategiyalarni tuzishda yuqorida aks etgan 10 ta bosqichlarning barchasiga ketma ketlikda amal qilinsa, moliyaviy faoliyat va moliyaviy holat ancha yaxshilanishini kafolatlaydi.