Soliq tizimini tuzish tamoyillari
Umumiylik – daromad oluvchi hamma iqtisodiy subyektlarni soliq bilan qamrab olish.
Mo‘’tadillik – soliq turlari va soliq stavkalarining vaqt mobaynida o‘zgarmasligi, qat’iy bir darajada turishi.
Tengyuklanganlik – himoyaning daromadi va foydasi ulushlari hisobiga soliqlarning aynan bir xil stavkalar bo‘yicha undirilishi.
Majburiylik – soliqlarning majburiy ekanligi.
Ijtimoiy adolat – xo‘jalik hayotining hamma ishtirokchilari soliqlar masalasi bo‘yicha bir xil sharoitga qo‘yilgan.
Soliqqa tortiluvchi obyektga qarab soliqlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- huquqiy shaxslar to‘laydigan soliqlar;
- jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar.
Soliq manbaini soliqqa tortish obyektidan ajrata olish zarurdir.
Manba – soliqqa tortish obyektga bog‘liq bo‘lmagan, jamiyatning sof daromadidir.
Obyekt – bu miqdoriy o‘lchanadigan fenomendir. U soliqlarni hisoblash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
korxonadan olinadigan daromad yoki aholining daromadi;
mulk (ko‘char va ko‘chmas mulk);
mulkni meros qilib qoldirish, sovg‘a qilish paytida, shuningdek, bitishuvlarni ayrim turlari (qimmatbaho qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan amallar);
tovarlarni chet elga chiqarish (bois to‘lovlar) soliqqa tortish obyektlaridir.
Mexanizmlarga ko‘ra, soliqlar ikkita asosiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita soliqlar guruhiga bo‘linadilar.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar mulk egalari, daromad oluvchilardan undiriladi.
Bilvosita soliqlar tovarlar va xizmatlarni sotish yoki iste’mol qilish sohasida undiriladi. Ya’ni pirovard natijasida mahsulotning iste’molchilariga yuklanadi.
Soliqqa tortish obyektlari:
daromad;
kapital;
yer;
xo‘jalik aylanmasi;
ayrim tovarlar aniqroq mezonlardir.
Dostları ilə paylaş: |