Inflyatsiyaga qarshi siyosat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
talabni qisqartirishni monetar va moliyaviy choralari, sanoatga ishlab chiqarishning samaradorligini ko‘tarishda va taklifni oshirishda yordam ko‘rsatish;
pul daromadlarini o‘sishini real daromadlar bilan bir xil darajada ushlab turish uchun daromadlarni tartibga solish siyosatini ishlatish. Boshqacha qilib aytganda, odamlarning daromadlari bu daromadlar sarflanadigan tovarlar va xizmatlar taklifidan tezroq o‘smasligi kerak.
Inflyatsiyaga qarshi choralar:
inflyatsion kutishlarni mo‘’tadillashtirish;
pulni chiqarshni cheklash;
byudjet tanqisligi muammosini hal qilish;
soliqqa tortish tizimini isloh qilish;
iqtisodiyot tuzilmasini qayta qurish;
valyutalar kursini tartibga solish;
iqtisodiyotning tovarlilik darajasini oshirish;
xususiylashtirish;
jamg‘armalar me’yorini oshirish va ularning sarflanishini kamaytirish usullari;
konfiskatsiya (olib qo‘yish) tipidagi pul islohoti.
Dostları ilə paylaş: |