Joriy amallar bo‘yicha konvertlanganlik – bu to‘lov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirish uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga erkin almashtirishadi. Xorijiy amallar bo‘ycha konvertlashni joriy qilish valyuta kursining mo‘’tadilligiga, shuningdek, olib borilayotgan soliq-byudjet va kredit-pul siyosatiga bog‘liqdir. Mamlakatda erishilgan makro Iqtisodiy Mo‘’tadillik va tegishli makroiqtisodiy rag‘batlar milliy valyutaning joriy amallar bo‘ycha konvertlash vazifasini hal qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Bunda aholini va korxonalarni valyuta kursining tebranishining salbiy oqibatlaridan himoya qiluvchi zarur kafolatlarni yaratish, davlatning valyuta zaxiralarini almashinuv kursining barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lganhajmlarda shakllantirish alohida ahamiyatga egadir. Chunki joriy amallar bo‘ycha konvertlanishning joriy etilishi bilan tavakkal (xavf) paydo bo‘lish ehtimoli bor.
Dostları ilə paylaş: |