Mehnatning bo‘linishining kamchiliklari.
Ishning bir xilligi va ishdan qoniqmaslik – ishchining ommaviy ishlab chiqarishdagi yuqoriroq daromad va qisqaroq ish haftasi uchun to‘laydigan haqi.
Ixtisoslashtirish mahoratning yo‘qolishiga olib keladi. Ishchi qoniqish va g‘urur bilan «Buni men qildim» deb aytish imkonidan mahrumdir. Boshqa tomondan esa ishlab chiqarishning zamonaviy usullari yangi bilimlar va ko‘nikmalar talab qiladi.
Bu tizim bir xil mahsulotlarning katta miqdorini ishlab chiqarishda, ya’ni mahsulotni standartlashtirishda nihoyatda samaralidir. Mehnatning bo‘linishi tovarlarning va xizmatlarning turli xilligining yo‘qligi sababchisidir. Biroq biz boshqa asos, sababni ham keltirishimiz mumkin: biz avtomobil va televizorni, xolodilnikni ular ommaviy ishlab chiqarish tovarlari va demak, arzon bo‘lganligi uchun ham sotib olishimiz mumkin.
Ishchi mutahassislar bajargan ishlar ko‘pchilik holatlarda bu tarmoq uchun o‘ziga xos (spetsifik) bo‘ladi. Agar bunday ishchilar ishsiz qolishsa, ular o‘z tajribalarini boshqa tarmoqlarda qo‘llashlari qiyin bo‘ladi.
Ixtisoslashtirish shunga olib keladiki, biz bir-birimizga bog‘liq bo‘lib qola boshlaymiz. Bunday o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiyotning bir sektorida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar boshqa sektorlarga ham ta’sir qilishini bildiradi.
Mehnatni bo‘linishi ko‘lamlari.
Mehnatning bo‘linishi tamoyili iqtisodiy faoliyatning hamma darajalarida ishlatiladi. Bular:
Tarmoq darajasidagi ixtisoslashish.
Firma darajasida ixtisoslashish.
Ishchilarning ixtisoslashishi.
Mintaqa darajasida ixtisoslashish.
Xalqaro ixtisoslashish.
Dostları ilə paylaş: |