Sikl (turkum) bo‘yicha rivojlanish nazariyasiga XX asrning 20-yillarida N.D.Kondratev tomonidan asos solingan. U ijtimoiy - iqtisodiy bashorat qilish mumkin va zarur, shuningdek, murakkab va o‘zgarib turuvchi Ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va Buning asosida xalq xo‘jaligining tizimining hamma darajasida uning muqobil rivojlanishini oldindan ko‘ra olish mumkin deb hisoblar edi.
N.D.Kondratev iqtisodiy statistika, dinamka va kon’yunktura tushunchasini aniq chegaralab, belgilab olgan edi. U asosiy e’tiborni iqtisodiy dinamika qonuniyatlarining tahliliga qaramaydi va kon’yunktura tebranishlarining to‘lqinsimon jarayonlarini aniqladi. U kon’yunkturaning mavsumiy va siklik (turkumiy) tebranishlarini ajratadi, turkumiy siklik) tebranishlar orasidan 7-11 yilni qamrab oluvchi kichik sikllarni va 40 yildan 60 yilgacha davom etuvchi katta sikllarni farqlaydi.
Aynan shunday yondashishgina bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kon’yunktura o‘zgarishlarini uzoq muddatga bashorat qilish uchun ilmiy baza bera oladi. Fan va texnika qonuniyatlarini va tendentsiyalarining tahlili bashorat qilishning ustuni bo‘lishi kerak, ro‘y berayotgan texnologik inqiloblar, zaminida yangi texnologiyalar yotgan ilmiy-texnik yo‘nalishlarni shakllantirishga qaratilishi lozim. Shu narsa aniqlanganki, texnikaning yetakchi sohalarida innovatsiyalarga o‘tish bilan izohlanadigan inqiloblar taxminan 50 yilda bir marta ro‘y berib turadi.
Texnologik inqiloblardan tashqari ushbu yo‘nalish bo‘yicha texnika vositalarining avlodlar almashish (EHM, atom reaktorlari, sanoat robotlarining avlodlari) o‘rganiladi. Bir yo‘nalish doirasida 200 yil ichida Odatda 3-4 avlod almashinadi. Odatda, birinchi avlodlar zarar keltiradilar, ikkinchi, ayniqsa, uchinchilari texnologiyalarga mujassam etilgan samarani beradilar. Texnika vositalarining bitta avlodning hayot sikli 15-20 yilni tashkil qiladi. Lekin avlodlar almashinuvi 8-10 yildan so‘ng amalga oshiriladi, chunki Oldingi siklning oxirgi bosqichi va navbatdagi siklning birinchi bosqichlari vaqt jihatdan bir-birlariga to‘g‘ri keladilar.
Dostları ilə paylaş: |