Bozor xo‘jaligini subyekti.
Uy-xo‘jaligi – bu bir yoki bir necha kishilik tarkibidagi iqtisodiy birlikdir. U:
- inson kapitalining ishlab chiqarilishi va qayta ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;
o‘zi mustaqil qaror qabul qiladi;
ishlab chiqarish omillaridan qaysi biriga egalik qiladi;
o‘z talab va ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi.
Korxona – shunday iqtisodiy birlikki, u:
ishlab chiqarish omillarini sotish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatadi;
maksimal foyda olishga intiladi;
o‘zi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Bank – bozorning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul massasining harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasidir.
Davlat – huquqiy, siyosiy hokimiyatni zarur hollarda ijtimoiy aloqalarga erishish uchun bozor subyektlari ustidan nazoratni ta’minlovchi hukumat muassasalari timsolida taqdim etiladi.
Bozor munosabatlari tizimida «ishlab chiqaruvchi –iste’molchi» aloqasi asosiylaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |