Bozor xo‘jaligi – iqtisodiyotni tashkil qilishning tovar ishlab chiqarishga asoslangan, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi o‘zaro harakatini Bozor vositasida ta’minlovchi ijtimoiy shaklidir.
Bozor – tovar va pul muomalalarining o‘zaro qat’iy harakatlari asosida vujudga keluvchi Iqtisodiy munosabatlarning tizimidir.
Bozorning klassik modeli quyidagi xususiyatlar bilan ta’minlanadi:
nima ishlab chiqarish, nimaga va qanday sotishni o‘zlari mustaqil tovar ishlab chiquvchilarning ko‘pligi;
kimdan mahsulot sotib olishni o‘zlari mustaqil hal qiluvchi mustaqil iste’molchilarning ko‘pligi;
qiymat bo‘yicha zamonaviy almashinuv;
talab va taklif asosida narxlarning stixiyali belgilanishi;
qayta ishlab chiqarish jarayonlarining stixiyali ravishda tartibga solinishi;
erkin raqobat, kapitalning «erkin qayta qo‘yilishi».
Hozirgi zamon sharoitlarida bozor o‘zini-o‘zi tartibga solishdan tartibga solinuvchiga aylanadi, bu esa bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasining murakkablashishiga olib keladi.
Bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasi, bu - bozor subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar tizimi bo‘lib, ularning maqsadlarini, turli tomonlarga yo‘naltirilib, yo‘l-yo‘lakay muqobil kelishiluvchi iqtisodiy manfaatlarini, bozor aloqalarining Turli-tuman obyektlari harakatlanishining holati hamda tashkil qilish shakllari va o‘zaro bog‘liq harakatlarini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |