Talab qiyshiq chizig‘ining ko‘chishi sabablari.
Daromadlarning ozgarishi.
Ko‘pchilik holatlarda aholining real daromadlarining o‘sishi tovarlar va xizmatlarga talablarning oshishiga, uning pasayishi esa talabning tushishiga olib keladi. Qat’iy qilib aytganda, talab soliqlar olingandan so‘nggi daromadga bog‘liq. Daromad solig‘i va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha nafaqalar miqdorining o‘zgarishlari talabning kattaligi (hajmi) va talabning qiyshiq chizig‘ining holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. Biroq shunday ham bo‘ladiki, real daromadning oshishi qandaydir tovarga yoki xizmatga bo‘lgan talabning tushishiga olib kelishi mumkin. Ba’zida tovarlar quyi toifaga mansub bo‘ladilar, chunki real daromadlar oshganida ularni kamroq sotib oldilar. Qanday tovarlarning «quyi toifa»ga kiritilishi aholining turmush darajasiga bog‘liqdir. Masalan, G‘arbiy Yevropada daromadlar oshib, ko‘plab odamlar o‘zlariga avtomobil sotib olish imkoniga ega bo‘lganlarida jamoat transportiga bo‘lgan talabning sezilarli darajada pasaygani kuzatilgan.
Real daromadlarning oshishi quyi toifadagi tovarlarga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |