Raqobatga bardoshlilikning tarkibiy qismi bo‘lgan tovarlarning sifatini yaxshilash masalalari hal qilinishi lozim.
Importning nomukammalligi va uni noan’anaviy qo‘llash muhim masalalardandir. Respublikaning importida mamlakat o‘zi ishlab chiqara olishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning ulushi kattadir. Gap oziq-ovqat, texnologik uskunalarining ko‘pgina turlari haqida ketmoqda.
Importdan mavjud disbalanslarni bartaraf etish uchun foydalanish unga stixiyali xarakter kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi va uning mintaqalarida ko‘proq tayyorgarlikka ega bo‘lgan sanoat sektorlarida, alohida korxonalar (birlashmalar)da, eksportga mo‘ljal oldirilgan yangi korxonalarni qurish va hududiy omillarni hisobga olgan ishlab chiqarishni konsentratsiyalash masalasi hal qilinishi kerak.
Mintaqalarda bo‘lganidek, respublikada ham tashqi iqtisodiy aloqalarning infratuzilmasini modernizatsiyalash o‘tkazilishi, ularning ishonchliligi yuklarning transportirovka qilish (tashib keltirish) saqlash va ishlov berish tizimi bilan ta’minlanishi lozim.
Tashqi iqtisodiy faoliyat uchun malakali kadrlarni tayyorlash muhim masaladir.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Sherikning ichki ishlariga aralashmaslik va uning davlat suverenitetiga qat’iy rioya qilish.
2. Tomonlarning to‘liq tangligi.
3. O‘zaro foydali hamkorlik.
4. Xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalar va kelishuvchilar bo‘yicha olingan majburiyatlarni vijdonan, halol va aniq bajarish.
5. Ikki tomonlama asosida eng ko‘p qulaylik yaratish tamoyili. Bunga o‘zlari ham muqobil tayyorgarligini ko‘rsatayotgan hamma xorijiy davlatlar bilan o‘zaro foydali tovar ayirboshlash izchillik bilan o‘tkazilishi lozim.
Tashqi iqtisodiy siyosat turli vositalar bilan o‘tkazilishi mumkin. Masalan, xorijiy davlatlar bilan tuzilgan savdo shartnomalari, iqtisodiy kelishuvlar orqali amalga oshiriladigan shartnoma amaliyoti tashqi iqtisodiy siyosatni o‘tkazish vositalaridandir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni o‘tkazish vositalariga bajxona ta’rifi litsenziyalash tizimi valyutaviy tartibga solish orqali amalga oshiriladigan tashqi savdo tartibga solinishi ham kiritilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |