Nazorat savollari
1. Tashqi iqtisodiy aloqalar nimalardan tashkil topadi?
2. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini tubdan qayta qurish nima bilan bog‘liq?
3. Tashqi iqtisodiy siyosatni yuritish uchun qanday vositalardan foydalaniladi?
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy strategiyasi nimadan iborat?
5. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligini baholash qanday amalga oshiriladi?
KONYUNKTURA SIYOSATI (FISKAL SIYOSAT)
Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish
Iqtisodiy o‘sishning eng ko‘p tarqalgan ikkita aniqlovchisi quyidagilardir:
- milliy mahsulotning ishlab chiqarishida foydalaniladigan omillar soni oshganligi yoki texnika va texnologiyaning takomillashgani natijasida real o‘sish;
- yalpi milliy mahsulot real hajmining yoki aholi jon boshiga hisoblanadigan real daromadlarning oshishi.
Nazorat tomonidan olganda iqtisodiy o‘sishning quyidagi tiplarini farqlaydilar:
Intensiv tip – texnika va texnologiyani takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish potensialini oshirish.
Aralash (real) tip – ishlab chiqarishda ishlatiladigan ishlab chiqarish omillarining miqdorini ko‘paytirish va texnika hamda texnologiyani takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish potensialini oshirish.
Ekstensiv – foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari miqdorini ko‘paytirish natijasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish.
Iqtisodiy o‘sishning eng muhim omillari orasida quyidagilarni aytib o‘tish kerak.
Bu omillarning bir-biriga o‘zaro ta’siri va harakati haqida umumiy tasavvurni ishlab chiqarish imkoniyatlarining qiyshiq chizig‘i berishi mumkin. Bu qiyshiq chiziq tabiiy, mehnat resursi asosiy kapitalning ushbu berilgan miqdori va sifati bilan berilgan (ushbu) texnologik potensial asosida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan turli xil mahsulot chiqarishning variantlari qo‘shilishini eng yaxshi tarzda aks ettiradi.
Iqtisodiy o‘sish sur’ati haqidagi axborotni quyidagi ko‘rsatkich ifodalashi mumkin:
YaMMning o‘sishsur’ati
·100%
=
YaMM1
YaMMO
YaMM1 – hisobot yildagi milliy mahsulot;
YaMMO – bazis yildagi milliy mahsulot.
Dostları ilə paylaş: |