Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati
Giperinflyatsiyada muomaladagi pul miqdori va narxlar astronomik sur’atlar bilan o‘sadilar. Jamiyatning eng ta’minlangan tabaqalarining ham farovonligiga putur yetadi. Narxlar va ish haqi o‘rtasidagi farq fojeaviy tus oladi. Inflyatsiyaning bosiq inflyatsiyadan giperinflyatsiyaga o‘sib o‘tishi majburiy tarzda sodir bo‘ladigan, ya’ni qochib qutilib bo‘lmaydigan jarayon emas. Giperinflyatsiya kamdan-kam uchraydigan hodisa, lekin bu gapni yo‘rg‘alovchi inflyatsiya haqida aytib bo‘lmaydi. U xuddi uzoq vaqt davom etadigan ishsizlik davrlariga o‘xshab hatto sanoatni rivojlangan mamlakatlar (Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya)da ham vaqti-vaqti bilan ro‘y berib turadi. Davlatning aralashuvi (pul, fiskal siyosati) inflyatsiyani Iqtisodiy jihatdan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaralarda ushlab turishga imkon beradi.