Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati
YaMMning vaqt davomida o‘sish sur’atining tebranishi siklning asosiy xususiyatidir, bu iqtisodiy tizim ketma-ketlikda keluvchi to‘rtta: jonlanish, ko‘tarilish, yuksalish (bum), pasayish fazalaridan o‘tadi.
Iqtisodiyotdagi sikllikning eng muhim sabablari orasida ko‘pchilik Iqtisodchilar iste’mol va investitsiyalar o‘rtasidagi nisbatlarning tebranishini ko‘rsatadilar.
Retsessiya – milliy Ishlab chiqarish hajmining 6 oy va undan ko‘p davom etadigan pasayishi.
Depressiya – milliy ishlab chiqarish hajmining yuqori darajadagi ishsizlik bilan kuzatiladigan va bir necha yil davom etadigan pasayish.